add

Nega Markaziy Osiyo davlatlarida Shengen vizaga talab ortgan?

02.08.2025 | 08:153129

2024 yilda hujjat topshirgan 15,7 foiz o‘zbekistonliklarga xorijiy davlatlarga kirish uchun viza berilmadi. Bu borada avvalgi yilga nisbatan 21 foizlik o‘sish kuzatilgan.

Nega Markaziy Osiyo davlatlarida Shengen vizaga talab ortgan?
So‘nggi o‘n yillikda Markaziy Osiyo davlatlarida Yevropaga bo‘lgan qiziqish keskin oshdi. Sayohat, ta’lim, xizmat safarlari va migratsiya oqimlarining kuchayishi fonida Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni ham ortib bormoqda. Ammo raqamlar faqat o‘zgarishni emas, balki mavjud muammolar va imkoniyatlarni ham ko‘rsatadi. Progressiv islohotlar markazi tomonidan 2014 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan oraliqda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari tomonidan topshirilgan Shengen vizasi arizalari, ularning natijalari, sarflangan mablag‘lar tendensiyalar tahlil qilindi.   Arizalar hajmi: o‘sish va pasayishlar [caption id="attachment_11461" align="aligncenter" width="630"]Visa 01 Infografika: Vaqt.uz[/caption] 2014–2019 yillarda, ya’ni pandemiyadan avvalgi davrda, barcha uch davlat fuqarolari vizalar uchun faol ariza topshirgan. Pandemiya yillarida esa ariza soni keskin kamaygan (O‘zbekiston: -5,42 foiz, Qozog‘iston: -20,29 foiz, Qirg‘iziston: -4,92 foiz) ammo 2024 yilda yana keskin yuqorilash kuzatilgan. Oxirgi o‘n yillikda O‘zbekistondan 325 mingga yaqin viza arizasi topshirgan bo‘lsa, Qozog‘istonning bu boradagi ko‘rsatkichi 1,3 milliondan ortiq. Qirg‘iziston esa ancha kam – 161 ming atrofida ariza topshirgan. Bu farqlar faqat demografik omillar bilan emas, balki iqtisodiy imkoniyatlar, tashqi siyosat va diasporalarning faoliyati bilan ham bog‘liq. [caption id="attachment_11462" align="aligncenter" width="620"]Visa 02 Infografika: Vaqt.uz[/caption] Shengen vizasi bo‘yicha eng muhim indikatorlardan biri bu — rad etish darajasi. Bu ko‘rsatkich nafaqat konsulliklarning qaroriga, balki ariza topshirish sifati, talab etilgan hujjatlarning to‘liqligi va immigratsion xavf tahliliga bog‘liq. O‘zbekiston fuqarolari uchun 2024 yil rad etish darajasi 15,7 foiz bo‘ldi. Bu avvalgi yilga nisbatan 21 foiz o‘sish deganidir. Eng ko‘p rad javob bergan davlat — Polsha (69,16 foiz). Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich ancha past — 8,99 foiz, eng viza so‘rovini rad etgan davlat esa Xorvatiya (81,57 foiz). Qirg‘izistonliklar uchun esa 2024 yilda rad etish darajasi 14,27 foiz bo‘lib, Shveytsariya eng ko‘p rad qilgan (72,24 foiz). Bu shuni ko‘rsatadiki, topshirilgan arizalarning sifati yoki ishonchliligi diplomatik doiralarda ko‘proq savol uyg‘otmoqda. O‘zbekistonlik migrantlar uchun eng qulay mamlakat qaysi? Eng qulay davlat O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun Bolgariya bo‘lib, ushbu mamlakatdan O‘zbekistonliklarga 133,4 foiz, Qozog‘istonliklarga esa 122,19 foiz miqdorida viza berilgan. Qirg‘iziston fuqarolari uchun esa Germaniya eng ishonchli variant bo‘lib, 91,45 foiz viza tasdiqlangan. Shengen vizasi arizasi uchun 2024 yil iyungacha to‘lov 80 yevro bo‘lgan.Biroq, bu mablag‘dan tashqari arizachilar xizmat haqlari, hujjatlarni tarjima qilish, notarial tasdiqlash va safarga tayyorgarlik xarajatlarini ham mavjud. O‘zbekiston fuqarolari 2024 yil davomida Shengen vizasi uchun jami 4,4 million yevro sarflagan bo‘lib, shundan 687 ming yevroga teng mablag‘ rad etilgan arizalar sababli «yo‘qotilgan» hisoblanadi. Qozog‘iston fuqarolari vizalarga 12,7 million yevro sarflab, 1,13 million yevroni samarasiz yo‘qotgan. Qirg‘izistonliklar esa 2,2 million yevro sarflagan bo‘lib, 420 ming yevro rad javoblar tufayli befoyda yo‘qotilgan. Bu mablag‘lar Yevropa Ittifoqi konsullik tizimi uchun muhim daromad manbai sanaladi. Shengen vizasi bo‘yicha statistikalar Markaziy Osiyo mamlakatlarining Yevropa bilan o‘zaro aloqalari, tashqi siyosati, aholining migratsiya rejasi va iqtisodiy imkoniyatlari haqida muhim ma’lumotlar beradi. Qozog‘iston eng barqaror va ishonchli statistikaga ega davlat. Kam rad etish, ko‘p ariza topshirish va yirik moliyaviy salohiyat uni Yevropaning muhim hamkoriga aylantiradi. O‘zbekiston esa so‘nggi yillarda faol bo‘layotgan bo‘lsa-da, rad etish darajasi yuqori. Arizalar sifati, hujjatlarning to‘liqligi va maslahat markazlari mavjudligiga e’tibor qaratish zarur. Qirg‘izistonda esa ariza hajmi past, lekin foiz ko‘rsatkichlari o‘rta darajada. Arizachilar uchun professional yordam tizimlarini yo‘lga qo‘yish muhim. Yevropa davlatlari bilan vizaga oid institutsional muloqotlarni kuchaytirish orqali davlatlararo shaffoflikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, ariza topshirish jarayonida aholiga aniq yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan axborot markazlari va huquqiy yordam platformalarini davlat va nodavlat sektor hamkorligida joriy etish zarur. Vizalar statistikasi ochiq va onlayn shaklda taqdim etilishi esa fuqarolarga asosli qaror qabul qilishda amaliy ko‘mak beradi. Mehrinoza Farmonova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid