add

O‘zbekistonda naqd pul ommabopmi yoki karta orqali to‘lov? — tahlil

25.07.2025 | 15:00107610

Markaziy bank tomonidan 2025 yil iyun oyida 14 ming 259 nafar fuqaro orasida elektron so‘rovnoma o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, eng ko‘p karta yoki naqd puldan foydalanayotgan hududlar, shuningdek, xalq orasida eng ommabop milliy kupyuralar ham aniqlandi.

O‘zbekistonda naqd pul ommabopmi yoki karta orqali to‘lov? — tahlil
Aholi orasida asosiy kundalik to‘lovlar uchun karta ishlatadiganlar 33 foizni tashkil etsa, 15 foiz so‘ralganlar faqat naqd puldan foydalanadi. Har ikki shaklda — bank kartasi va naqd orqali to‘lov qiluvchilar esa 52 foizni tashkil qilmoqda. [caption id="attachment_10497" align="aligncenter" width="630"]Naqd stat1 Infografika: Markaziy bank[/caption] To‘lovlar xaritasi: qayerda naqd, qayerda karta ustun? Hududlar kesimida qaraydigan bo‘lsak, Toshkent shahri va Jizzax viloyati o‘rtasida keskin farq mavjud: Toshkent shahrida bank kartasi orqali to‘lov qiluvchilar ulushi 40 foiz bo‘lsa, Jizzaxda bu ko‘rsatkich atigi 28 foiz. Eng ko‘p faqat naqd ishlatadiganlar Andijonda (24 foiz) qayd etilgan. Toshkent shahrida esa atigi 6 foiz aholi naqd puldan foydalangan. [caption id="attachment_10498" align="aligncenter" width="630"]Naqd stat2 Infografika: Markaziy bank[/caption] Ikkala shakldan foydalanish darajasi Farg‘onada eng yuqori — 57 foiz, undan keyin Xorazm (56 foiz) va Surxondaryo (55 foiz) tashkil qilmoqda. Aksincha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich 50 foiz atrofida bo‘lsa-da, 12 foiz aholi hali ham faqat naqd to‘lovga tayanmoqda. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, poytaxt va ayrim markaziy hududlarda raqamli to‘lovlar ustunlik qilayotgan bo‘lsa-da, ko‘plab viloyatlarda hali ham naqd pul asosiy to‘lov vositasi bo‘lib qolmoqda.   Naqd pul bilan amalga oshirilgan xaridlar statistikasi O‘zbekiston aholisining naqd pul shaklidagi bir martalik xaridlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, eng katta ulush (47 foiz) 100 mingdan 500 ming so‘mgacha xarid qiluvchi aholiga to‘g‘ri keladi, bu o‘rta darajadagi iste’mol qatlami shakllanganligidan dalolat beradi. [caption id="attachment_10499" align="aligncenter" width="630"]Naqd stat3 Infografika: Markaziy bank[/caption] 100 ming so‘mgacha xarid qiluvchilar 35 foizni tashkil etsa, 500 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha xarid qiluvchilar 12 foiz, 1 million so‘mdan yuqori xarid qiluvchilar esa atigi 6 foizni tashkil etmoqda.   Odamlar qaysi banknotdan eng ko‘p foydalanyapti? O‘zbekiston aholisi orasida eng ko‘p ehtiyoj bildirgan valyuta — 10 000 so‘mlik bo‘lib, uni 21 foiz respondent qulay deb topgan. Undan keyin 50 000 so‘mlik (19 foiz) va 5000 so‘mlik (16 foiz) kupyuralar yuqori talabga ega. Bu esa aholining kundalik xaridlari va boshqa xarajatlari uchun aynan shu nominaldagi pullar eng ko‘p ishlatilayotganini ko‘rsatadi. [caption id="attachment_10500" align="aligncenter" width="630"]Naqd stat4 Infografika: Markaziy bank[/caption] Kichik nominaldagi pullarga (tangalar, 2000 so‘mlik va 5000 so‘mlik) respondentlarning 41 foizi ehtiyoji pastligini, 31 foizi ehtiyoji yo‘qligini va 28 foizi ehtiyoji yuqoriligini bildirdi. [caption id="attachment_10501" align="aligncenter" width="630"]Naqd stat5 Infografika: Markaziy bank[/caption]   Nega aholiga naqd pul kerak? Aholining naqd puldan foydalanishiga asosiy sabab — xaridlarning dehqon bozorlarda amalga oshirilishi bo‘lib, bu 56 foiz respondent tomonidan ta’kidlangan. 17 foiz fuqaro esa naqd to‘lovni tez, xavfsiz va nazorat qilish oson deb hisoblaydi. [caption id="attachment_10504" align="aligncenter" width="630"]Naqd stat6 Infografika: Markaziy bank[/caption] Yana 13 foiz respondent naqd pulda tovar va xizmatlar arzonroq bo‘lishini asos qilib ko‘rsatgan. Qolganlar esa texnik va tashkiliy muammolarni tilga olgan: 7 foiz naqd pul to‘lovini sotuvchilar talab qilishini, yana 7 foiz esa to‘lov terminali yo‘qligi yoki ishlamasligini sabab sifatida qayd etgan. Naqd pul to‘lash majburiyati yuzaga kelayotgan holatlar eng ko‘p Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida kuzatilgan. Ayni paytda, Toshkent shahrida esa to‘lov terminallarining yo‘qligi yoki ishlamasligi holatlari boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq uchrayapti. [caption id="attachment_10506" align="aligncenter" width="630"]Naqd stat7 Infografika: Markaziy bank[/caption]   Maoshlar qayerga tushyapti: naqd yoki karta? Naqr stat8 Ish haqi to‘lovlari bo‘yicha so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 87 foizi oylik maoshini bank kartasi orqali oladi. Yana 7 foiz fuqaro maoshni ham naqd, ham kartaga olishini bildirgan. Atigi 6 foiz respondent esa ish haqini to‘liq naqd pul shaklida olishini qayd etgan.   Hududlarda oylik maoshlar taqsimoti qanday? Har bir viloyat va hududda ish haqi to‘lovlari shakllari bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilganda, muayyan farqlar ko‘zga tashlanadi. Masalan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax viloyatlarida ishchilar va xodimlarning 87-94 foizi ish haqini faqat bank kartasi orqali oladi. Naqt stat8 Biroq, Jizzax va Xorazm viloyatlarida vaziyat ancha boshqacha. Xususan, Jizzaxda bank kartalari orqali to‘lov ulushi 71 foizni tashkil etsa, 13 foiz aholiga ish haqi hanuz naqd pulda topshirilmoqda. 16 foizi esa aralash shaklda – ya’ni bir qismi naqd, bir qismi karta orqali oladi. Avvalroq, banklar orqali jami 563 trln so‘mlik naqd pul aylanishi amalga oshirgani haqida ma’lumot bergan edik. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 23 foiz oshgan. Mahliyo Hamidova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid