add

O‘zbekistonda oltin narxi bir yilda 75 foizga qimmatlashgan

Bugun 11:151 daqiqa

Ichki bozorda oltin quymalari narxi ketma-ket yettinchi kun rekord yangilamoqda.

O‘zbekistonda oltin narxi bir yilda 75 foizga qimmatlashgan

O‘zbekistonda oltin narxlari ketma-ket rekordlar yangilab, so‘nggi bir yil ichida keskin o‘sishni namoyon qildi. 2026 yil 28-yanvar holatiga ko‘ra, 1 gramm oltin quymasining sotish narxi 2 million 58 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich mamlakat tarixida eng yuqori darajalardan biri hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon oltin narxi 18 foizga oshgan. O‘tgan yilning ayni shu sanasi bilan taqqoslaganda esa o‘sish sur’ati 74,5 foizga yetgan.

Qaytarib olish narxlari

Quymalarni qaytarib sotib olish narxi ham o‘zgargan. Agar quymaning qadog‘i butun bo‘lsa, uning qayta xarid narxi sotish qiymatidan 5 foizga past belgilanmoqda. Bu ko‘rsatkich 27-yanvar kuni 4 foizni tashkil etgan edi, ya’ni farq bir kun ichida 1 foizga oshgan.

photo_2026-01-28_11-02-43

Jahon bozorida ham oltin narxi tarixiy rekordlarni qayd etmoqda. 27-yanvar kuni 1 unsiya oltin narxi ilk bor 5 ming dollardan oshgandi. 28-yanvar kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra esa bu ko‘rsatkich 5 ming 245 dollarga yetdi.

Teglar

Mavzuga oid