
“Tinchlik kengashi”: O‘zbekiston doimiy a’zolik badalini to‘laydimi?|Fikr vaqti
Dunyo tartibi yemirilayotgan, kuch siyosati oldinga chiqqan bir paytda AQSH tashabbusi bilan ilgari surilayotgan “Tinchlik kengashi” nima o‘zi, nega O‘zbekiston unga qo‘shildi va 1 mlrd dollarlik a’zolik badali mamlakat uchun qanday oqibatlar keltirishi mumkin?
2025 yilning 21-yanvari — Donald Tramp Vashingtondagi marosimda qasamyod qilib, rasman Qo‘shma Shtatlar prezidentligiga kirishgan edi.
Juda uzoq muddatdek ko‘rinadi, lekin, ha, insoniyat Tramp prezidentligining endigina birinchi yilini yashamoqda. Bu bir yil esa bilasiz, ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan va bungacha umumamal qilib kelgan butunboshli xalqaro huquq yemirilib, uning o‘rnini kuch va qudrat siyosati egallashi uchun yetarli bo‘ldi.
Hozir insoniyat keyini noma’lum bo‘lgan global turbulentlik holatida yashamoqda.
Mana shunday vaziyatda esa AQSH prezidenti endi “Tinchlik Kengashi” nomli yangi siyosiy loyiha tashabbusini ilgari surmoqda. Xo‘sh, bu qanday loyiha, uning maqsadi nima, nega ba’zi davlatlar unga a’zo bo‘lishga oshiqib, ba’zilar esa qarshi bo‘lmoqda? O‘zbekiston nega bu kengashga kirdi-yu, uning a’zolik badali – 1 mlrd dollar to‘lay oladimi? A’zolikdan-chi, mamlakat nima yutadi?
Fikr vaqti dasturining navbatdagi sonida siyosatshunoslar – Bektosh Berdiyev va Muxtor Nazirov bilan ayni shu savollar atrofida gaplashdik.
Teglar






