Toshkentda uy-joy va yer narxlari pasayishda davom etmoqda
Markaziy bankning 2025 yil birinchi yarim yilligi bo‘yicha ko‘chmas mulk bozori sharhi poytaxtda uy-joy va yer narxlari uzluksiz pasayishini tasdiqladi. Bu holat energetika, ekologiya va transport bilan bog‘liq muammolar kuchaygan bir paytda kuzatilmoqda.

Hisobotga ko‘ra, Toshkentda ikkilamchi uy-joy bozorida 1 metr kvadrat uchun o‘rtacha narx 15,4 mln so‘mdan 14,9 mln so‘mga tushgan. Pasayish yillik va oylik qiyosda ham davom etmoqda. Poytaxtga yaqin Toshkent viloyatida ham shu yo‘nalishda narxlar pasaya boshlagan.
Yil va oy kesimida uy-joy narxlari qulamagan hududlar sanoqli — Sirdaryo, Andijon, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari.
Shuningdek, poytaxtda yer narxlari ham uzoq vaqtdan beri pasayayotgani qayd etilgan. 2025 yil birinchi yarim yillikda 1 sotix yerning o‘rtacha narxi 334 mln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davridagi 342 mln so‘mlik ko‘rsatkichdan past. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yer narxi Toshkentda so‘nggi bir yarim yildan beri uzluksiz pasayishda davom etmoqda.
Umumiy holda ko‘chmas mulk bozorida faollik darajada saqlanmoqda. Joriy yil birinchi yarim yilligida respublika bo‘yicha jami 177,5 ming bitim tuzilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 10,7 foiz ko‘p. Ulardan 148,4 mingtasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uy-joy oldi-sotdisiga taalluqli bo‘lib, 12,1 foizga o‘sgan.
Ipoteka krediti ajratish sur’ati sezilarli oshgan — o‘tgan yilga nisbatan 36 foizga ko‘p. Ikkinchi chorakda birinchi bozordagi uy-joylar uchun ajratilgan ipotekalar ulushi jami ipotekalarning 74 foizini tashkil etgan (2024 yilda — 57 foiz).
Birlamchi bozordagi narxlar respublika miqyosida yillik hisobda o‘rtacha 2,6 foizga, ikkilamchi bozorda esa 2,5 foizga oshgan. Biroq poytaxt va ayrim yirik hududlarda bu o‘sish juda past yoki salbiy ko‘rinishda. Ijara segmentida Toshkentda narxlar yillik hisobda 6,1 foizga tushgan.
Markaziy bank hisobotida qayd etilganidek, yuqori taklif hajmi va ipoteka vositalari orqali xarid imkoniyatlarining kengayishi talabni qo‘llab-quvvatlab, narxlar dinamikasini muvozanatda ushlab turibdi. Biroq poytaxtdagi uzoq muddatli pasayish tendensiyasi uy-joy va yer bozoridagi baholarni yanada tushirishi mumkin.
Bozordagi bu tendensiya aholi xarid qobiliyati, iqtisodiy sharoit va shahar infratuzilmasidagi muammolar bilan izohlanmoqda.

Ruxsora Jovliyeva tayyorladi