Yoshlar oldidagi chaqiriqlar: ishsizlik, ta’limdagi raqobat, tadbirkorlik
06.08.2025 | 13:0018478
O‘zbekistonda yoshlar orasida ishsizlik darajasi qaysi viloyatda yuqori? Ta’limdagi raqobat qanday va qaysi hududda tadbirkorlik yaxshiroq rivojlangan?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatiga respublika bo‘yicha yoshlar (14-30 yosh oralig‘ida) soni 9 mln 630 ming 556 кishини yoki jami aholining 25,7 foizini tashkil etgan.
Qaysi hududda yoshlar aholining katta qismini tashkil etadi?
Infografikadan ko‘rinishicha, O‘zbekistonning turli hududlaridagi yoshlar ulushi (foizda) ko‘rsatilgan. Eng yuqori ulush Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatida (26,9 foiz), eng pasti esa Toshkent shahrida (23,4 foiz) kuzatilmoqda.
Yoshlar orasida ta’limda raqobat
Yoshlar mavzusiga to‘xtalganda, ta’lim masalasiga e’tibor qaratmaslikning iloji yo‘q. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-2026 yil o‘quv yili uchun oliy ta’limga hujjat topshirish foizlari bir necha barobarga tushib ketdi. Xususan, 2025 yilgi oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 732 ming 411 nafar bo‘lib, bu oxirgi 7 yil ichidagi eng past ko‘rsatkichdir.
Misol uchun, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 1 million 66 mingdan oshgan, 2020 yilda esa rekord darajada 1 million 484 mingga yetgan edi. Shunday qilib, 2025 yilda abituriyentlar soni o‘tgan yilgiga (894 ming) nisbatan ancha kamaygan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,2 baravarga yoki 161,8 mingdan ortiqqa kamdir. Bu degani oliy ta’limga kirish bo‘yicha raqobat darajasi ancha yumshagan.
Ma’lumot o‘rnida, hujjat topshirgan abituriyentlarning yarmidan ko‘pi, ya’ni 386 ming 112 nafarini xotin-qizlar, 346 ming 299 nafarini yigitlar tashkil qiladi.
Qishloq va shahar yoshlari orqasida ta’limdagi raqobat bir-biridan farq qiladi.

«Oliy ta’limdagi raqobat sog‘lom motivatsiyani shakllantirsa-da, teng imkoniyatlar bo‘lmasa, bu raqobat psixologik bosim va ijtimoiy adolatsizlik manbaiga aylanadi. Ayniqsa, qishloq yoshlari og‘ir vaziyatda qolmoqda», deydi pedagogika eksperti, dotsent Dilnoza Yusupova bu boradi.Hududlardagi ishsizlik foizi 2024 yilgi statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda yoshlarning ishsizlik darajasi mehnat bozoridagi raqobatning kuchayishi va yangi ish o‘rinlarining yetishmasligi sababli 2023 yildagidan ortgan. Yosh ishchi kuchining 5 foizi munosib ish topa olmaganligi sababli ish qidirishni to‘xtatgan. 2021-2024 yillar davomida O‘zbekistonda yoshlarning ishsizlik darajasi quyidagicha: 2021 yilda 15–24 yoshdagi yoshlar orasida ishsizlik darajasi 13,4 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsa 2020 yildagi 12,83 foizga nisbatan biroz oshgan edi. 2022 yilda esa bu raqam 10,96 foizga tushgan. 2023 yilda yoshlar ishsizligi darajasi 10,86 fozni tashkil etgan bo‘lib, bu statistika 2022 yilga nisbatan biroz pasayishni ko‘rsatdi. 2024 yilda esa bu ko‘rsatkich 10,94 foizga ko‘tarildi, bu esa mehnat bozoridagi raqobatning kuchliligi va yangi ish o‘rinlarining yetishmasligi bilan izohlanadi.
«Yoshlar bandligidagi muammo chuqur tizimli yondashuvni talab qiladi. Ish o‘rinlari yaratish o‘z-o‘zidan kifoya emas, balki ularning sifatli, barqaror va mehnat huquqlari bilan kafolatlangan bo‘lishi muhim», deydi iqtisodchi Ravshan Qodirov.Hududlar bo‘yicha eng yuqori yoshlar ishsizligi darajasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida qayd etilgan. Ayniqsa, Farg‘ona viloyatida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning katta qismi ishsizlar qatoriga kiradi. Yoshlar tadbirkorligi keng tarqalgan hududlar 2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, yoshlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’ektlari soni — 93 mingdan ortiq. Review.uz e’lon qilgan maqolaga ko‘ra, 2025 yilda yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha poytaxtdan keyin eng faol viloyatlar sifatida Farg‘ona, Qashqadaryo va Namangan viloyatlari ajralib turadi. Ushbu hududlarda yoshlar tomonidan ochilgan xususiy korxonalar soni yuqori bo‘lib, misol uchun Farg‘ona viloyatida 11 061 ta, Qashqadaryoda 9200 ta, Namanganda esa 7188 ta xususiy korxona faoliyat yuritmoqda. Avvalroq O‘zbekistonda yoshlar ishsizligini keltirib chiqaradigan uchta asosiy muammoni sanab o‘tgan edik. Mehrinoza Farmonova tayyorladi.