add

Zelenskiy: Yevropa va AQSH Ukraina mudofaasi uchun yanada ko‘proq dron va Patriot va’da qilmoqda

13.07.2025 | 09:3047973

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rimda 10–11 iyul kunlari o‘tkazilgan Ukraina tiklanishi bo‘yicha konferensiya mamlakat mudofaasini kuchaytirish va Rossiyaga bosimni oshirishda muhim burilish nuqtasi bo‘ldi.

Zelenskiy: Yevropa va AQSH Ukraina mudofaasi uchun yanada ko‘proq dron va Patriot va’da qilmoqda
Zelenskiy 12 iyul kuni rasmiy Telegram kanali orqali qilgan bayonotida konferensiya natijalari nafaqat tiklanish, balki Ukraina armiyasi va qurol-yarog‘ ishlab chiqarishini mustahkamlashga xizmat qilayotganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu platforma Ukraina havo hujumidan himoya (HHH) tizimini mustahkamlash, dronlar, jumladan, tutib oluvchi dronlar ishlab chiqarish hamda Rossiyaga nisbatan sanksion bosimni oshirish imkonini berdi. Zelenskiy videomurojaatida, Ukraina yangi HHH tizimlari va ular uchun raketalarni olishga yaqinlashib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, AQSHdan Patriot tizimlarini olish bo‘yicha ijobiy signallar borligi aytildi. Germaniya va Norvegiya esa ushbu tizimlarni sotib olishda yordam berishga tayyorligini bildirgan. Buyuk Britaniya bilan erishilgan yangi kelishuvga muvofiq, Ukrainaga 5000 dan ortiq HHH tizimi raketalari yetkazib beriladi. Ular asosan dron hujumlariga qarshi qo‘llaniladi. Zelenskiy Ukrainada qurol ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiyalar haftama hafta oshib borayotganini, bu yo‘nalishda yangi xalqaro sheriklardan muhim yechimlar olinayotganini ma’lum qildi. Italiyada o‘tgan «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» formatidagi uchrashuvda Ukraina mudofaa kuchlarini moliyalashtirish ham asosiy masalalardan biri bo‘ldi. Zelenskiy AQSH vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarni ham samarali deb baholadi. U so‘zlariga qo‘shimcha qilib, «Rossiyaga nisbatan bosim kuchaymasa, tinchlik bo‘lmaydi. Urushni davom ettirish Rossiya uchun og‘riqli bo‘lishi shart», deya ta’kidladi. Shuningdek, u yangi va kuchli sanksiyalarga umid bildirdi va Ukrainaga yordam berayotgan barcha davlatlarga minnatdorlik izhor etdi.

Teglar

Mavzuga oid