add

AQSH Xitoyga qarshi blok tuzyapti

Bugun 20:0011 daqiqa

AQSH Xitoyning muhim minerallar sohasidagi ustunligiga qarshi rejasini ishga tushirdi. Vashingtondagi yig‘ilishda 55 davlat qatnashdi. O‘zbekiston ham shu yerda AQSH bilan memorandum imzoladi.

AQSH Xitoyga qarshi blok tuzyapti
1.png

AQSH vitse-prezidenti Жеймс Дэвид Vens 4-fevral kuni muhim minerallar bo‘yicha imtiyozli savdo blokini shakllantirish rejalarini e’lon qildi. Ushbu tashabbus doirasida Vashington ittifoqchilarini birlashtirib, narxlar bo‘yicha muvofiqlashtirilgan minimal chegaralarni joriy etishni taklif etmoqda. Bu orqali AQSH ilg‘or ishlab chiqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega materiallar sohasida Xitoyning ustunligini susaytirishga urinayotgani aytiladi.

Xitoy ko‘plab minerallarni qayta ishlash sohasidagi deyarli to‘liq nazoratidan geoiqtisodiy bosim vositasi sifatida foydalanib kelmoqda. Ayrim hollarda u eksportni cheklagan, narxlarni sun’iy ravishda pasaytirgan va yarimo‘tkazgichlar, elektr avtomobillari hamda zamonaviy qurol-yarog‘ ishlab chiqarishda qo‘llanadigan materiallar manbalarini diversifikatsiya qilish imkoniyatlarini boshqa mamlakatlar uchun cheklab qo‘ygan.

«Biz bozorlarimizni arzon muhim minerallar bilan to‘ldirib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni siqib chiqarayotgan holatlarga barham berishni istaymiz. Biz muhim minerallar uchun ishlab chiqarishning har bir bosqichida etalon narxlarni belgilaymiz. Imtiyozli zona a’zolari uchun ushbu etalon narxlar moslashuvchan tariflar orqali qo‘llab-quvvatlanadigan minimal narx sifatida xizmat qiladi va narxlar yaxlitligini ta’minlaydi», dedi Vens Vashingtonga tashrif buyurgan vazirlar yig‘ilishida Xitoy номиni tilga olmasdan.

Yig‘ilishda jami 55 ta davlat qatnashdi

2

AQSH президенти Donald Tramp ma’muriyati Xitoy o‘tgan yili AQSH avtomobilsozlari va boshqa sanoat ishlab chiqaruvchilari uchun zarur bo‘lgan nodir yer elementlarini yetkazib berishni cheklab, yuqori lavozimli rasmiylar va global bozorlarni xavotirga solganidan so‘ng, AQSHning muhim minerallar ta’minoti bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirdi. 2-fevral kuni Tramp «Project Vault» deb nomlangan AQSHning muhim minerallar bo‘yicha strategik zaxirasini ishga tushirdi. Loyiha AQSH Eksport-import banki tomonidan ajratilgan 10 milliard dollarlik boshlang‘ich mablag‘ va xususiy sektordan 2 milliard dollar investitsiya bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

Davlat kotibi Marko Rubio Vashingtonda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda 55 ta davlat ishtirok etganini ma’lum qildi. Ular orasida Janubiy Koreya, Hindiston, Tailand, Yaponiya, Germaniya, Avstraliya, Kongo Demokratik Respublikasi va O‘zbekiston ham bor bo‘lib, ushbu mamlakatlar qazib olish yoki qayta ishlash imkoniyatlariga ega.

3

Rubio ham Xitoyni tilga olmasdan, muhim minerallar «deyarli bir davlat qo‘lida жамланgaни», bu holat geosiyosatda «bosim vositasi»ga aylanganini qo‘shimcha qildi. Yig‘ilish davomida AQSH Savdo vakili Jeymison Grir Meksika bilan ikki tomonlama reja hamda Yevropa Ittifoqi va Yaponiya bilan uch tomonlama келishuвni e’lon qildi. Ushbu kelishuvlar muhim minerallar yetkazib berish zanjirlarini mustahkamlash va boshqa ittifoqchilar bilan kengroq kelishuvlar uchun zamin yaratishni ko‘zda tutadi.

Rejalar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida narxlarni qo‘llab-quvvatlash, bozor standartlari, subsidiyalar va kafolatlangan xaridlar kabi aniq choralarni o‘rganishni nazarda tutadi. AQSH, Yevropa Ittifoqi va Yaponiya, shuningdek, «G7» guruhi va «Minerals Security Partnership» doirasida ham muhokamalarni davom ettirishini bildirdi.

Argentina Tashqi ishlar vazirligi esa alohida ravishda AQSH bilan ta’minot zanjirlarini mustahkamlash va diversifikatsiya qilish bo‘yicha asosiy kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Bu Janubiy Amerika davlati mis va litiy eksportini oshirishni rejalashtirmoqda.

4

Kecha Resurslar Geostrategik Hamkorlik Forumining (FORGE) ishga tushirilishi munosabati bilan tadbir ham ўтkaзилди. Bu tashabbuslar AQSH va uning to‘qqiz «Pax Silica» hamkori o‘rtasida global texnologiya yetkazib berish zanjirlarini strategik jihatdan ta’minlash bo‘yicha hamkorlik bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shuningdek, AQSH Argentina, Kuk orollari, Ekvador, Gvineya, Marokash, Paragvay, Peru, Filippin, BAA va O‘zbekiston kabi davlatlar bilan o‘n битta yangi ikki tomonlama muhim minerallar tuzilmalari yoki anglashuv мемарандuмларga imzo chekdi. Shuningdek, AQSH so‘nggi besh oy ichida yana o‘nta muhim minerallar tuzilmalari yoki anglashuv мемарандuмлариga imzo chekdi va o‘n yettita boshqa davlat bilan bunday kelishuvlar bo‘yicha muzokaralarni yakunladi.

Davlat kotibi Rubio «FORGE» tashkil etilishini «MSP» (Minerals Security Partnership)ning davomi sifatida e’lon qildi. «FORGE», iyun oyigacha Janubiy Koreya raisligida bo‘lib, global muhim minerallar bozoridagi davom etayotgan muammolarni hal qilish uchun qat’iy va faol harakatlarni olib boradi.

 

 

 

O‘zbekiston AQSH bilan memorandum imzoladi

5

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati o‘rtasida muhim foydali qazilmalar va nodir yer elementlarini qazib olish hamda qayta ishlash sohasida ta’minot barqarorligi to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatga kecha, 4-fevral kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan O‘ta muhim minerallar bo‘yicha vazirlar yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSH Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau qo‘l qo‘ydi.

 

«Biz o‘ta muhim minerallarni nafaqat iqtisodiy imkoniyat, balki mas’uliyatli hamkorlik va uzoq muddatli barqaror rivojlanish uchun muhim yo‘nalish sifatida ko‘ramiz», – deb yozdi Baxtiyor Saidov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

 

Kristofer Landau va Baxtiyor Saidov muhim minerallarning iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish va energiya xavfsizligini mustahkamlashdagi asosiy o‘rnini ta’kidlagan.

 

«Do‘stim, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashuvni yuqori baholadim. Uchrashuvda energiya xavfsizligini va iqtisodiy imkoniyatlarni rivojlantirish maqsadida muhim minerallarni qidirishda ikki mamlakat hamkorligining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi», – deb yozdi AQSH Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari.

6

O‘zbekiston ushbu sohada salmoqli salohiyatga ega ekai, o‘z sanoatini xalqaro eng yuqori standartlar – shaffoflik, ekologik mas’uliyat va qo‘shimcha qiymat yaratishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tamoyillari asosida rivojlantirishga qat’iy intilishini ta’kidlagan Baxtiyor Saidov Toshkentning xalqaro sheriklar bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, ilg‘or texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, ta’minot zanjirlarining barqarorligini mustahkamlash va toza energetikaga o‘tishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan global sa’y-harakatlarga hissa qo‘shishga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqladi.

7

U AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan gaplashdi. Muloqotda ikki tomonlama kun tartibigina emas, balki global miqyosdagi eng dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

8

«Yaqinda tashkil etilgan Tinchlik kengashi mojarolardan jabr ko‘rgan hududlarda barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi samarali platformaga aylanib borayotgani, millionlab insonlarga yanada xavfsiz va munosib kelajak sari umid bag‘ishlayotganini alohida ta’kidladik», – deydi Saidov.

9

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSH savdo vakili Jamison Grir hamda AQSH Eksport-import banki prezidenti va raisi Jon Yovanovich bilan ham muloqot qildi. Suhbat davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy kun tartibining asosiy ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, bozorlarga kirishni kengaytirish, investitsiya hamkorligini mustahkamlash va ustuvor tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash muhokama qilindi. Savdoni osonlashtirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishning amaliy mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilgan.

 

Минyerал kompaniyalar aksiyalari quladi

Muhim minerallar uchun minimal narxlar (price floor) belgilashga qaratilgan ko‘p mamlakatli tashabbus Tramp ma’muriyatining xususiy biznes ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan so‘nggi qadami hisoblanadi. Oq uy bir qator mineral kompaniyalarda, shuningdek chip ishlab chiqaruvchi «Intel» (INTC.O) kompaniyasida ulushlar sotib olgan, shuningdek, dori ishlab chiqaruvchilar bilan narxlarni pasaytirish bo‘yicha kelishuvlar tuzgan.

Savdo bloki haqidagi xabarlar ortidan mineral kompaniyalar aksiyalari keskin arzonladi. «MP Materials» (MP.N), «Critical Metals» (CRML.O), «NioCorp Developments» (NB.O) va «USA Rare Earth» (USAR.O) aksiyalari 6 foizdan 14 foizgacha qiymat yo‘qotdi.

0

Muvofiqlashtirilgan savdo qoidalari orqali minimal narxlarni kafolatlash Vashingtonga arzon xitoy ta’minoti bilan raqobatlasha olmay kelgan konchilik va qayta ishlash loyihalariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish imkonini berishi kutilmoqda. Ma’muriyat rasmiylari yaqinda sanoat vakillariga AQSH alohida milliy loyihalar uchun narx kafolatlarini berishdan voz kechib, global yechim sari harakat qilayotganini ma’lum qildi. Bu yondashuv elektr avtomobillari, yarimo‘tkazgichlar va mudofaa tizimlari uchun zarur materiallarning global ta’minot zanjirlarini qayta shakllantirishi mumkin. Biroq qisqa muddatda ishlab chiqaruvchilar uchun xarajatlar oshishi va Pekin bilan savdo keskinligi kuchayishi ehtimoli bor.

«Xitoy uzoq vaqt davomida muhim minerallarning global sanoat va ta’minot zanjirlarini xavfsiz va barqaror saqlashda muhim va konstruktiv rol o‘ynab kelgan va bu borada faol sa’y-harakatlarni davom ettirishga tayyor», деgaн Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi «Reuters» агентлигиning izoh berish so‘roviga javoban.

O‘tgan yili Xitoy nodir yer elementlari eksportiga qo‘shimcha nazorat choralarini joriy etgani Yevropa va AQSHdagi avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun ishlab chiqarish kechikishlari va vaqtinchalik to‘xtashlarga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, Xitoy tomonidan yaratilgan litiyning ortiqcha taklifi AQSHda ishlab chiqarishni kengaytirish rejalarini sekinlashtirdi.

Bunday qaramlik Vashington va uning hamkorlarini jiddiy tashvishga solib kelmoqda. Ular litiy, nikel, nodir yer elementlari va boshqa muhim minerallar bo‘yicha barqaror milliy qazib olish va qayta ishlash imkoniyatlarini yaratish siyosati ustida yillar davomida qiynalib kelmoqda.

Aprel oyida Xitoyga tashrif buyurishi kutilyotgan Tramp kecha, 4-fevral kuni ertalab Xitoy raisi Si Jinping bilan «juda a’lo» telefon suhbati bo‘lganini «Truth Social» tarmog‘ida yozdi. Suhbatda soyadan tortib Erongacha bo‘lgan savdo va xavfsizlik masalalari muhokama qilingan, biroq minerallar haqida gap ochilmagan.

Xitoyning muhim minerallar bo‘yicha ta’sir kuchi oktabr oyida yaqqol namoyon bo‘ldi. O‘shanda Tramp Хитoy tovarlariga tariflarni qisqartirishga rozi bo‘lib, evaziga Pekin nodir yer elementlari eksportiga yanada qattiq cheklovlar joriy etmaslikka va’da bergan edi.

4-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish Trampning keng qamrovli «America First» tarif siyosatlari bilan ittifoqchilarni norozi qilgan bir paytda, AQSHning hamkorlar bilan birgalikda siyosiy vositalarni muvofiqlashtirib, Xitoyning sohadagi ustunligiga qarshi kurashishga qaratilgan kengroq harakatlarini aks ettiradi.

11

«Menimcha, bu AQSH Xitoy ta’minot ustunligi mavjud bo‘lgan sohalarda o‘z zaifligini kamaytirish uchun boshqalar bilan hamjihat harakat qilishi shartligini anglab yetganini ko‘rsatadi», dedi Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazining Xitoy biznesi va iqtisodiyoti dasturi rahbari Skott Kennedi.

Ichki ishlar vaziri Dug Burgum 3-fevral kuni bu hafta muhim minerallar bo‘yicha savdo klubiga yana 11 ta davlat qo‘shilishini ma’lum qildi. Ular AQSH, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Tailandga qo‘shiladi. Uning aytishicha, yana 20 ta davlat ushbu koalitsiyaga qo‘shilishga «katta qiziqish» bildirgan.

Hukumatlar oldida turgan ochiq savollar

Tabiiy resurslarni boshqarish instituti tahlilchilarining aytishicha, ривожланаётgaн mineral ishlab chiqaruvchi hukumatlar oldida bir qator ochiq savollar turibdi. Shulardan bir oshkoralik va jamoatchilik nazoratini ta’minlash masalasi.

Avvalgi ikki tomonlama sa’y-harakatlar shuni ko‘rsatdiki, mineral hamkorlik shartlari bo‘yicha oshkoralik va maslahatlashuv yetishmasligi jamoatchilik qarshiligiga olib kelishi va oqibatda amalga oshirish jarayonini kechiktirishi mumkin. Masalan, atigi sakkiz hafta oldin kelishib olingan AQSH–Kongo Demokratik Respublikasi strategik sheriklik kelishuvi hozirda KDR Konstitutsiyaviy sudida huquqiy da’voga duch kelmoqda. Kongolik yuristlar guruhi ushbu kelishuvni tabiiy resurslar ustidan suverenitetga oid konstitutsiyaviy qoidalarni va resurs almashinuviga doir shartnomalarni parlament tomonidan tasdiqlash talabi buzilgani asosida bekor qilishni talab qilmoqda.

Yangi ko‘p tomonlama tashabbusning ko‘lami katta ekani sababli oshkoralik va nazorat mexanizmlarini joriy etish yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ishtirok etishni ko‘rib chiqayotgan mamlakatlar fuqarolari o‘z hukumatlari qanday iqtisodiy shartlarga rozi bo‘layotganini aniq tushunib olishni istaydi.

12

Ikkinchi masala қиймат qo‘shishni ta’minlash va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdir. Taklif etilayotgan narx quyi chegaralari va tariflar tizimining ishlash mexanizmlari, jumladan, ular klubdan tashqari manbalardan kelayotgan mavjud loyihalar va yangi investitsiyalarga qanday ta’sir ko‘rsatishi hali aniq emas. Kam va o‘rta daromadli ishlab chiqaruvchi mamlakatlar uchun asosiy savol bu tashabbus qiymat zanjiri bo‘ylab yuqori bosqichlarga ko‘tarilish bo‘yicha maqsadlarga qanday ta’sir qiladi? Hatto narx quyi chegaralari klubga a’zo kam va o‘rta daromadli mamlakatlarda konchilik loyihalariga investitsiyalarni oshirishga erishgan taqdirda ham, qo‘shimcha choralarsiz, masalan, energiya infratuzilmasining yetarli emasligi va moliyalashtirish xarajatlarining yuqoriligi kabi qiymat qo‘shish loyihalari oldidagi doimiy to‘siqlar bartaraf etilmas ekan, bu quyi oqim (downstream) rivojlanishni qay darajada ilgari surishi noma’lumligicha qolmoqda.

Mintaqaviy qiymat zanjirlarini rivojlantirish va umumiy muzokara kuchini oshirishda markaziy ahamiyatga ega bo‘lgan mintaqaviy hamkorlik sa’y-harakatlariga bo‘lgan ehtimoliy ta’sir alohida e’tiborni talab qiladi. Masalan, agar klub ichidagi qiymat qo‘shish korxonasi minerallarni bozor narxidan yuqoriroq narxda xarid qilsa, o‘z faoliyatini barqaror saqlash uchun mahsulotini ham yuqori narxda sotishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa mintaqadagi klubga a’zo bo‘lmagan davlatlar uchun ushbu mahsulotlarni keyingi quyi oqim ishlab chiqarish bosqichlari uchun xarid qilishni qiyinlashtirishi mumkin. Amalda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish qanchalik mushkul ekani hisobga olinsa, bunday tashabbus bu jarayonni yanada qiyinlashtirishi ehtimoldan xoli emas.

Yevropa Ittifoqi ushbu xavfni anglagan ko‘rinadi. OAV xabarlariga ko‘ra, e’lon arafasida AQSH YIga a’zo ayrim davlatlarni ikki tomonlama kelishuvlar imzolashga undagan, biroq Yevrokomissiya Ittifoq mamlakatlarini yakdillikni saqlashga chaqirgan.

Keyingi qadam sifatida, rivojlanayotgan ishlab chiqaruvchi mamlakatlar mintaqaviy institutlardan, masalan, Afrika misolida Afrika minerallarini rivojlantirish markazi, Afrika taraqqiyot banki va Afrika huquqiy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan hamda boshqa yordam mexanizmlaridan foydalanib, mineral diplomatiya bo‘yicha muvofiqlashuvni kuchaytirishlari, oqibatlarni baholash uchun texnik salohiyatni oshirishlari va muzokara strategiyalarini shakllantirishlari mumkin.

13

Boshqaruv va ekologik himoya mexanizmlarini integratsiya qilish ham hali ochiq turibdi. Ruxsatnoma berish jarayonlarini jadallashtirish AQSHning ichki mineral ishlab chiqarish va qayta ishlash salohiyatini rivojlantirish strategiyasining asosiy ustunlaridan biri hisoblanadi va ehtimol, taklif etilayotgan ikki tomonlama kelishuvlar hamda savdo bitimlarining bir qismi bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati esa konchilik ruxsatnomalarini tezlashtirib berish masalasida uzoq yillar davomida ehtiyotkorlikka chaqirib kelmoqda, chunki bu sohada ijtimoiy, ekologik va boshqaruvga oid xatarlarni e’tibordan chetda qoldirish ehtimolini oshiradi. Tahlilchilarning aytishicha, litsenziyalash va shartnomalash jarayonlarida himoya mexanizmlarini qisqartirish orqali ishlab chiqarishni tezlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlar aks ta’sir berishi mumkin. Бuнда ishlab chiqarish sud jarayonlari, faoliyatni to‘xtatish, namoyishlar va ish tashlashlar sababli sekinlashishi yoki butunlay to‘xtab qolishi ehtimoli ortib ketadi.

Mustahkam boshqaruv standartlari va ijtimoiy-ekologik himoya choralarini ta’minlash barqaror minerallar savdo tizimini barpo etishning hal qiluvchi asosi bo‘ladi. Bugungi qo‘shma matbuot bayonotida Yevropa Ittifoqi, AQSH va Yaponiya keyingi qadamlar bo‘yicha «G7»ni o‘z ichiga olgan tegishli xalqaro maydonlarda» hamkorlik qilishini ma’lum qildi. Bu esa taklif etilayotgan savdo mexanizmiga yaqinda qabul qilingan «G7»ning muhim minerallar uchun standartlarga asoslangan bozorlarni rag‘batlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasiga bog‘liq mezonlarni kiritish imkonini ochadi. Ushbu yo‘l xaritasida «G7» mamlakatlarining konchilik sohasida xalqaro mehnat va inson huquqlari, mahalliy jamoalar bilan maslahatlashuv, qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi choralar, shuningdek, ekologik himoya bo‘yicha ish natijalariga asoslangan standart mezonlarni ishlab chiqishga oid majburi

Teglar

Alibek Beyjanov

Alibek BeyjanovMaqolalar soni: 73

Barchasi

Mavzuga oid