«Instagram» shaxsiy yozishmalardagi muhim funksiyasini olib tashlamoqda

Bugun 20:251 daqiqa

E2EE funksiyasini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish kompaniyaga texnik jihatdan xabarlar mazmuniga kirish imkonini beradi.

«Instagram» shaxsiy yozishmalardagi muhim funksiyasini olib tashlamoqda © vkplay.ru

2026-yil may oyidan boshlab «Instagram» shaxsiy xabarlarda «end-to-end encryption» (E2EE) — ya’ni shifrlashni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi. Bu haqda BBC xabar berdi.


Bu nima degani?

E2EE o‘chirilgach, «Meta» xabarlar mazmuniga — matnlar, rasmlar, videolar va ovozli xabarlarga — texnik jihatdan kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2019-yilda «Meta» «Facebook» va «Instagram» messenjerlarida ushbu texnologiyani joriy qilishini aytgan va «kelajak — shaxsiy muloqotniki» deb ta’kidlagan edi.

Kompaniya 2023»yilda «Facebook Messenger»da bu funksiyani to‘liq ishga tushirdi. Keyinchalik «Instagram»da ham uni majburiy standartga aylantirish rejalashtirilgan edi.

Biroq yetti yildan so‘ng «Meta» «Instagram»da E2EE’ni keng joriy qilish rejasidan voz kechdi. Endi platforma faqat standart shifrlashni taklif qiladi.

Standart shifrlash nima?

Standart shifrlashda servis provayderi zarurat tug‘ilganda shaxsiy xabarlar mazmuniga kirishi mumkin. Bu «Gmail» kabi ko‘plab onlayn xizmatlarda qo‘llanadigan oddiy tizim hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid