
«Bu so‘nggi jang!» — Tehronda namoyishlar yangi kuch bilan avj oldi
Eronda milliy valuta — riyol AQSH dollariga nisbatan tarixiy eng past darajaga tushganidan so‘ng boshlangan ommaviy norozik namoyishlar yangicha kuch bilan avj olmoqda.

8-yanvar, payshanba kuni kechqurun Tehron aholisi muhojiratdagi valiahd shahzoda Rizo Pahlaviyning ommaviy namoyishlarga chorlovidan keyin qichqiriqlar bilan ko‘chalarga chiqdi, deb yozadi Euronews.
Namoyishlar boshlanishi bilanoq Eronda internet va telefon aloqasi o‘chirildi. «Cloudflare» internet kompaniyasi hamda inson huquqlari bilan shug‘ullanuvchi «NetBlocks» guruhi internet o‘chirilganini tasdiqlab, buni Eron hukumati aralashuvi bilan izohladi.
Dubaydan Eronga shahar telefonlari va mobil aloqa orqali qo‘ng‘iroq qilishga urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Ilgari ham bunday o‘chirishlardan so‘ng hukumat tomonidan faol repressiyalar kuzatilgan.
Bu — dastlab Eron iqtisodiyotining yomonlashuviga qarshi qaratilgan va keyin butun Islom Respublikasi bo‘ylab yoyilgan norozilik harakatining yangi eskalatsiyasidir.
Eronni 1979 yilgi Islom inqilobidan sal oldin tark etgan, hozirda og‘ir xastalikka chalingan valiahd Rizo Pahlaviy ortidan namoyish o‘tkazayotgan Eron jamoatchiligi ergasha oladimi-yo‘qmi, degan savol uchun ilk sinov bo‘ldi.
Pahlaviy payshanba va juma kunlari mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da namoyishlar o‘tkazishga chaqirdi. Guvohlarning aytishicha, belgilangan soatlarlarda Tehronning turli mahallalarida baqir-chaqirlar yangragan.
Minglab odamlar baqirib aytayotgan shiorlar orasida «Diktatorga o‘lim!» va «Islom Respublikasiga o‘lim!» degan chaqiriqlar bo‘ldi. Boshqalar esa shohni ulug‘lab, «Bu so‘nggi jang! Pahlaviy qaytadi!» deya qichqirishdi.
«Buyuk Eron xalqi, sizga butun dunyo qarab turibdi. Ko‘chalarga chiqing va birlashgan holda talablaringizni qichqirib ayting, — deyiladi Pahlaviy bayonotida. — Men Islom Respublikasini, uning rahbarini va inqlob muhofizlari korpusinini ogohlantiraman: dunyo va Donald Tramp sizlarni diqqat bilan kuzatmoqda. Xalqni bositirish javobsiz qolmaydi».
Namoyishlarda shohni qo‘llab-quvvatlovchi qichqiriqlar ham yangramoqda. Ilgari bunday harakat o‘lim jazosiga olib kelishi mumkin edi. Bugun esa bu shiorlar namoyishlarni quvvatlayotgan g‘azabni yanada yaqqol namoyon qilmoqda.
Payshanba kuni namoyishlar davom etdi. Ular chorshanba kuni Eronning shaharlari va qishloq aholi punktlarida boshlangan edi. Norozilikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yanada ko‘proq bozorlar va bazarlar yopildi.
AQSHda joylashgan «Human Rights Activists» axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar atrofidagi zo‘ravonliklar oqibatida kamida 39 kishi halok bo‘lgan, 2260 nafardan ortiq odam hibsga olingan.
Norozilik harakatining kengayishi Eron fuqarolik hukumati va uning oliy rahbari — oyatulloh Ali Xomanaiyga bosimni kuchaytirmoqda.
Shu bilan birga, namoyishlarning o‘zi hozircha, umuman olganda, yaqqol yetakchisiz qolmoqda. Pahlaviyning chaqiriqlari keyingi rivojga qanday ta’sir ko‘rsatishi hali aniq emas.
«Yashashga layoqatli muqobilning yo‘qligi ilgari ham Erondagi namoyishlarni zaiflashtirgan, — deb yozadi Vashingtondagi Atlantik kengash tadqiqotchisi Neyt Suonson. — Ehtimol, Eronda minglab muxolif faollar bordir, ular imkoniyat berilsa, sovet ittifoqi parchalanishidan so‘ng Polshada ishchilar yetakchisi sifatida tanilgan Lex Valensa kabi hurmatga sazovor davlat arboblariga aylanishi mumkin edi. Ammo hozirgacha Eron xavfsizlik apparati mamlakatni o‘zgartirish salohiyatiga ega bo‘lgan barcha ehtimoliy yetakchilarni hibsga oldi, ta’qib qildi yoki mamlakatdan chiqarib yubordi».
Eron rasmiylari rejalashtirilgan namoyishlarni jiddiy qabul qilgandek. Qattiq pozitsiyasi bilan tanilgan «Kayhan» gazetasi internetda videorolik e’lon qildi. Unda namoyishlarda ishtirok etuvchilarni aniqlash uchun xavfsizlik kuchlari pilotsiz parvoz qurilmalaridan foydalanishi aytilgan.
Shu bilan birga, Eron mansabdorlari payshanba kuni kechqurungi namoyishlar boshlanishidan oldinyoq ko‘plab hududlarda avj olgan ommaviy noroziliklar ko‘lamini rasman tan olmadi.
Hozircha Eron hukumati nima sababdan namoyishchilarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rmayotgani aniq emas.
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Eron hukumatini ogohlantirib, agar Tehron «tinch namoyishchilarni shafqatsizlarcha o‘ldirish»ni boshlasa, Amerika «ularga yordamga kelishi»ni aytgan edi.
Trampning bu bayonotlari Eron Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yangi tanqidga sabab bo‘ldi.
«AQSH ma’muriyatlarining bir necha o‘n yillik jinoiy aralashuvlari tarixini eslatar ekan, TIV buyuk Eron xalqiga g‘amxo‘rlik haqidagi bayonotlarni ikkiyuzlamachilik, jamoatchilik fikrini chalg‘itish va eronliklarga qarshi sodir etilgan ko‘plab jinoyatlarni yashirishga qaratilgan deb hisoblaydi», — deyiladi bayonotda.
Shu bilan birga, bu izohlar AQSH Davlat departamentiga «X» ijtimoiy tarmog‘ida namoyishlar haqidagi kadrlarni yoritishga to‘sqinlik qilmadi. Ushbu videolarda, go‘yoki, namoyishchilar Tramp nomi bilan atalgan yo‘l belgilarini yopishtirayotgani yoki davlat tomonidan subsidiyalangan guruchni tashlab yuborayotgani aks etgan.
«Narxlar shunchalik yuqori belgilanganki, iste’molchilar sotib olishga qodir emas, fermerlar esa sotishga qurbi yetmaydi — bu holatda hamma yutqazadi, — deyiladi Davlat departamentining xabarlaridan birida. — Bu guruchni shunchaki tashlab yuborish mumkin».
Shu orada Yevropa parlamenti raisi Roberta Metsola «X» tarmog‘ida e’lon qilingan videomurojaatida shunday dedi: «Dunyo yana bir bor jasur Eron xalqi o‘zini himoya qilish uchun oyoqqa turishini ko‘rmoqda».
«Ularning ozodlik, qadr-qimmat va o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi haqidagi nidosi butun dunyoda eshitildi, — dedi u. — Yevropa aholisi ko‘chalarda, eron xalqining qalbi va ongida nima sodir bo‘layotganini ko‘ryapti. Qanday o‘zgarishlar kechayotganini bilamiz. Eron xalqi oddiy norozilik bildirmayapti — u qichqiryapti. Yevropa ularni eshityapti, dunyo ularni eshityapti».





