add

Eron-Isroil urushida 600 nafardan ziyod inson halok bo‘ldi

13 iyundan buyon davom etayotgan Eron va Isroil o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida minglab inson jabr ko‘rdi. Eron Sog‘liqni saqlash vaziri Huseyn Kermanpurga ko‘ra, mamlakat hududiga qilingan zarbalar natijasida kamida 610 kishi halok bo‘lgan, 4746 nafar kishi turli tan jarohatlari olgan.

Eron-Isroil urushida 600 nafardan ziyod inson halok bo‘ldi
Vazir ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 49 nafar ayol va 13 nafar bola bor. Jarohatlanganlardan 65 nafari 20 yoshdan kichik ekani aytilmoqda. Shu bilan birga, Isroil milliy tez yordam xizmati ham o‘z hisobotini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Eron tomonidan yuborilgan zarbalar tufayli Isroilda 28 kishi halok bo‘lgan, uch mingdan ziyod fuqaro jarohatlangan. Ma’lumki, 13 iyun tongida Isroil Eronni yadroviy tahdidda ayblab, birinchi bo‘lib harbiy zarba bergan. 17 soat o‘tib Eron javob zarbasini yo‘lladi va ikki tomon o‘rtasida raketalar almashinuvi boshlandi. 22 iyun kechasida AQSH Isroilga ko‘mak sifatida Erondagi yadroviy ob’ektlarga zarba berdi. Bir kun o‘tib, Prezident Donald Tramp ikki tomon to‘liq otishmani to‘xtatishga kelishib olganini ma’lum qildi. Shunga qaramay, Isroil hukumati so‘nggi kunlarda Erondan yangi raketalar otilganini qayd etdi va bu hujumlarga javob berilganini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid