add

Toshkent viloyatida qariyb 5 kg «opiy» musodara qilindi

Narkotik moddalar Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent katta xalqa avtomobil yo‘liga yaqin bo‘lgan, muqaddam narkokure’rlar tomonidan qoldirib ketilgan xufiya joydan topilgan.

Toshkent viloyatida qariyb 5 kg «opiy» musodara qilindi

Zangiotada amalga oshirilgan tezkor tadbir davomida taxminan 5 kilogrammlik «opiy» giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasi fosh etildi, deb xabar berdi DXX.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent katta halqa avtomobil yo‘li yaqinidagi yashirin joydan muqaddam narkokure’rlar tomonidan qoldirib ketilgan, jami 10 ta o‘ramda bo‘lgan 4 kilogramm 956 grammlik «opiy» moddasi topilgan. Ushbu moddalar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Aniыlanishicha, mazkur giyohvandlik vositalari mamlakatga xorijdan kontrabanda yo‘li bilan kirib kelgan. Hozirda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov doirasida ushbu ajal og‘usini tarqatishda ishtirok etgan shaxslarni aniqlash va ularning aloqalarini fosh etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, giyohvandlikka qarshi kurash nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning vazifasi, balki har bir fuqaroning jamiyat oldidagi burchi ham hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid