
Kriptovalyuta qanday paydo bo‘lgan va nega mashhur?
Hozirgi kunda deyarli har kuni «kriptovalyuta» so‘zi uchramoqda, lekin ko‘pchilik u nima ekanligini va qanday ishlashini bilmaydi. U aslida qanday pul turi va oddiy puldan nimasi bilan farq qiladi?

Devid Chaum[/caption]
1983 yilda amerikalik kriptograf Devid Chaum «ecash» deb nomlangan birinchi markazlashtirilmagan raqamli valyuta tizimini ishlab chiqdi. Lekin bu yetarlicha tanilmadi. 1990-yillarning boshlarida PayPal singari elektron to‘lov tizimlari yaratildi, ammo ular markaziy nazoratga ega edi.
[caption id="attachment_15697" align="aligncenter" width="633"]
Raqamli pullar va anonim to‘lov tizimlarining pioneri Devid Chaum (o‘ngdan ikkinchi) kriptografiya va internet xavfsizligi tarixida muhim o‘rin tutadigan shaxslar bilan birga. 1990-yillar boshi.[/caption]
1998 yilda Vey Day «b-money» konsepsiyasini taklif qildi, u markazlashmagan elektron pul tizimini tushuntirdi va Bitkoinning nazariy asoslaridan biri bo‘ldi. Shuningdek, Nik Sabo «bit gold» loyihasini ilgari surdi, u ham Bitkoingacha bo‘lgan elektron valyutalar tarixida muhim qadam sifatida hisoblanadi.
Kriptovalyutaning inqilobi 2008 yilda sodir bo‘ldi. «Satoshi Nakamoto» taxallusidagi shaxs «Bitcoin: A Peer-to-Peer Electronic Cash System» nomli maqola nashr etdi. Unda yangi turdagi elektron to‘lov tizimi ta’riflangan bo‘lib, asosiy maqsad banklar yoki boshqa vositachilarsiz odamdan odamga bevosita pul o‘tkazish imkonini yaratish g‘oyasi ilgari surilgan edi.
[caption id="attachment_15698" align="aligncenter" width="633"]
Satoshi Nakamoto[/caption]
2009 yil yanvar oyida ilk kriptovalyuta — Bitkoin ishga tushdi. Bitkoinning birinchi bloki (genesis block) yaratilib, dastlab 50 Bitkoin qazib olindi.
Bitkoinning dastlabki yillarida hech qanday aniq qiymati bo‘lmagan, u asosan texnologik tajriba sifatida ishlatilgan. Ammo 2010 yilda dastlabki haqiqiy savdo amalga oshirildi — Laszlo Xanech ismli dasturchi 10,000 Bitkoin evaziga ikkita pitssani sotib oldi, bu voqea hozirgi kunda «Bitcoin Pizza Day» sifatida qutlanadi. 2013 yilga kelib, Bitkoin narxi birinchi bor 1 000 dollaridan oshib ketdi.
2014 yilda esa Bitkoin ekotizimi uchun sinov yili bo‘ldi. Eng yirik Bitkoin birjalaridan biri Mt.Gox buzilib, taxminan 850,000 Bitkoin yo‘qotildi. Bu voqea kriptovalyuta xavfsizligi va tartibga solinishi masalasini jiddiy muhokama qilishga sabab bo‘ldi.
2015 yilda Ethereum loyihasi ishga tushirildi, u nafaqat kriptovalyuta, balki aqlli shartnomalar va markazlashmagan dasturlar asosida ishlovchi platforma sifatida dunyoga tanildi. Ethereum ko‘plab yangi imkoniyatlar yaratdi va kriptovalyutalar dunyosi rivojlanishiga yangi impuls berdi.
bugungi kunga kelib, minglab kriptovalyutalar paydo bo‘lib, ular moliyaviy tizimlar, sarmoya, to‘lovlar va boshqa ko‘plab sohalarda katta o‘zgarishlarga yo‘l ochmoqda. Kriptovalyutaning erkinligi, markazlashmaganligi va shaffofligi unga jahon bo‘ylab millionlab foydalanuvchilarni jalb qildi.
Kriptovalyuta turlari
Kriptovalyutalarning turlari ko‘p. Hozirgi kunda Bitkoindan tashqari yana minglab kriptovalyutalar yaratilgan. Ularni umumiy qilib — altkoinlar deb atashadi. Qiymati dollarga bog‘langan kriptovalyutalarni esa steyblkoinlar deyishadi.
Quyida 5 turdagi mashhur kriptovalyutalar haqida ma’lumot beramiz:
Bitkoin (BTC)
Bitkoin — bu birinchi va eng mashhur kriptovalyuta. Bitcoin markazsizlangan, ya’ni uni hech qanday hukumat yoki biror tashkilot boshqarmaydi. Bitcoinning asosiy maqsadi — internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri, uchinchi tomonlarsiz to‘lovlarni amalga oshirishga imkoni berish. bugungi kunda Bitcoinni ko‘plab odamlar raqamli oltin sifatida qabul qiladi, u qiymatini saqlash va katta investitsiyalar uchun ishlatiladi. Bitcoinning soni cheklangan bo‘lib, jami 21 million dona bo‘lishi mumkin. Bu uning noyobligi va qiymatini oshiradi.
Ethereum (ETH)
Ethereum — 2015 yilda yaratilgan ikkinchi eng mashhur kriptovalyuta. Ajralib turadigan tomoni shundaki, Ethereum ayni paytda faqat raqamli pul emas, balki «aqlli shartnomalar» va markazlashmagan ilovalarni (dApps) yaratish uchun platforma hisoblanadi.
«Aqlli shartnoma» — oldindan belgilangan shartlar asosida avtomatik bajariladigan kelishuv.
Ripple (XRP)
Ripple boshqa kriptovalyutalarga nisbatan tezkor va arzon xalqaro pul o‘tkazmalari uchun mo‘ljallangan. U banklar va moliya institutlari tomonidan tezda hamkorlik qilish va pul yuborish uchun ishlatiladi. Ripple tarmog‘i SWIFT tizimiga alternativ bo‘lib, xalqaro tranzaksiyalarni oddiy va tez amalga oshirishga yordam beradi. XRP tokeni ushbu tizimda asosiy to‘lov vositasi sifatida xizmat qiladi.
Litecoin (LTC)
Litecoin Bitcoinning tezroq va arzonroq versiyasi sifatida yaratilgan. U 2011 yilda ishga tushgan va tezroq tranzaksiyalarni amalga oshiradi. Litecoinni ko‘plab odamlar Bitcoin o‘rnini bosuvchi raqamli pul sifatida ko‘radi, chunki u o‘zgartirilgan kodga ega bo‘lib, tranzaksiya vaqti qisqa va komissiya past. Bu kichik va tez-tez to‘lovlar uchun qulay hisoblanadi.
Tether (USDT)
Tether (USDT) — bu stabil kriptovalyuta bo‘lib, uning qiymati doimiy ravishda 1 AQSH dollariga tenglashtirilgan. Bu xususiyat uning narxining keskin o‘zgarishlardan himoyalanishini ta’minlaydi. USDT global to‘lovlar va xalqaro pul o‘tkazmalari uchun qulay vosita sanaladi, chunki u tez, arzon va ishonchli tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Shu bois Tether o‘zgaruvchan boshqa kriptovalyutalarga nisbatan ko‘proq barqarorlik va moliyaviy xavfsizlikni taqdim etadi. Har bir USDT tokeni haqiqiy dollar zaxiralariga asoslangan.
Kriptovalyuta va oddiy pulning farqlari
|
Mezon |
Oddiy pul | Kriptovalyuta |
|
Chiqarilish |
Markaziy bank chiqaradi, davlat siyosati bilan boshqariladi. |
Algoritmlar asosida tarmoq ishtirokchilari yaratadi |
| Nazorat |
Davlat va bank tizimi nazorati ostida. |
Markaziy organ yo‘q, konsensus mexanizmi orqali ishlaydi. |
| Ko‘rinishi |
Qog‘oz, tangalar va raqamli hisoblarda mavjud. |
Faqat raqamli, faqat hamyonlarda saqlanadi. |
| Tranzaksiya vaqti |
Bank ish kunlariga bog‘liq, xalqaro o‘tkazmalar sekin va qimmat. |
24/7 ishlaydi, daqiqalarda butun dunyoga yuborish mumkin. |
| Barqarorlik |
Davlat siyosati orqali barqaror (inflyatsiya boshqariladi). |
Narx o‘zgaruvchan, stablecoin’lar bundan mustasno. |
| Maxfiylik |
Tranzaksiyalar bank orqali o‘tadi, shaxsiylik cheklangan. |
Blokcheynda hamma ko‘radi, ammo foydalanuvchi anonim bo‘lishi mumkin. |





