add

Markaziy bank O‘zbekistonda nasiya bozorini tartibga solishni taklif qilmoqda

26.06.2025 | 21:4044566

Timur Ishmetov so‘zlariga ko‘ra, nasiya savdo tashkilotlari qarzdorlar to‘g‘risidagi axborotni kredit byurosiga yuborishi, tovar ustiga qo‘yilgan ustama haqida iste’molchiga ma’lumot berishi kabi takliflar kiritilmoqda.

Markaziy bank O‘zbekistonda nasiya bozorini tartibga solishni taklif qilmoqda
25 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda nasiya savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan berilgan jami kredit qoldig‘i 8,5 trln so‘mni tashkil etdi. Shuning 67 foizi tadbirkorlik sub’ektlariga, 26 foizi ikkita moliya tashkilotiga, 7 foizi esa tijorat banklariga to‘g‘ri kelmoqda. Markaziy bank raisi Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, nasiya shartnomalarida ustama haqlar yoki real effektiv foiz stavkalari aniq ko‘rsatilmasligi mijozlarning qarz yuki ortishiga olib kelmoqda. Bu holat esa boshqa manbalardan olinayotgan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarmaslik va muammoli qarzlarga aylanishiga sabab bo‘lmoqda. Ta’kidlanishicha, banklar va nobank kredit tashkilotlari tomonidan qarz oluvchiga kredit berishda qarz yuki ko‘rsatkichi 50% dan oshmasligi bo‘yicha talab belgilangan. Biroq, aholining nasiya savdo bo‘yicha aksariyat qarz majburiyatlari kredit byurolari bazasiga kirmaydi. Natijada iqtisodiyotda aholining real qarz yuki ortib bormoqda. «Aholining nasiya savdo bo‘yicha aksariyat qarz majburityalari Kredit byurosi ma’lumotlar bazasida aks ettirilmasligi sababli iqtisodiyotda ahvolning haqiqiy qarz yuki darajasi oshib bormoqda. Ya’ni qarz oluvchi qarz olish uchun bankka murojjat qilganda uning qarzdorliklari bo‘yicha ma’lumotlarning yo‘qligi bankning tabiiy ravishda belgilangan qarz yuki darajasidan ortiqcha miqdorda kreditlar ajratilish holatlari kuzatilmoqda. shundan kelib chiqib Markaziy bank tomonidan nasiya bozorni tartibga solish bo‘yicha zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish taklif qilinmoqda», - deydi Ishmetov.. Hozirda tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari qarz oluvchilar uchun qarz yuki 50 foizdan oshmasligi kerak degan me’yorga amal qiladi. Ammo nasiya savdo shartnomalari aksariyat hollarda Kredit byurosi bazasida qayd etilmagani tufayli, fuqarolarning haqiqiy qarz yuki darajasi yuqorilab bormoqda. Bu esa banklar tomonidan qarz berishda xato qarorlarga olib kelmoqda. Ishmetovga ko‘ra, shu sababli Markaziy bank tomonidan nasiya savdosini davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha qonunchilik takliflari ishlab chiqilmoqda. Jumladan, nasiya tashkilotlari qarz oluvchilar haqidagi ma’lumotlarni Kredit byurosiga majburiy tarzda yetkazish, hamda tovarga qo‘yiladigan ustama haqni oshkora ko‘rsatish majburiyati joriy etilishi kerak. Markaziy bank raisi ta’kidlashicha, davlat bu biznesga qarshi emas. Ammo bozorda shaffoflik, mas’uliyat va barqarorlikni ta’minlash maqsadida me’yoriy-huquqiy asoslarni mustahkamlash zarur. «Biz, albatta bu nasiya bozoridagi bu biznesga qarshiligimiz yo‘q, faqat davlat tomonidan tartibga solish taklifi bilan chiqyapmiz. Nasiya savdo majmuasi odamlarga qarz berayotganda mashu ma’lumotlarni majburiy tarzda kredit byuroga yetkazish. O‘shaning hisobiga banklar odamlarning qarzlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishadi. Va nasiya savdo tashkilotlari tovar sotayotganda ustiga qo‘yayotgan ustamani oshkora qilish haqidagi talablarni qonunchilikka kirgizishni taklif qilyamiz», - degan regulyator raisi.

Teglar

Mavzuga oid