add

O‘zbekistondagi savdo tarmog‘ining yarim yillik ko‘rinishi: raqamlar nima deydi?

22.07.2025 | 20:0015016

2025 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 59 mingdan ortiq sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. 2024 yilning oxiriga ko‘ra bu ko‘rsatkich 55,6 mingni tashkil qilgan bo‘lib, bu yil hisobidan respublikada jami 3,4 ming yangi sanoat korxonasi ishga tushgan.

O‘zbekistondagi savdo tarmog‘ining yarim yillik ko‘rinishi: raqamlar nima deydi?
Eng katta ulushni oziq-ovqat sanoati egallab, 11,9 mingta korxona bu sohada ishlaydi. Bundan tashqari:
  • 8,5 mingta korxona – boshqa nometall mineral mahsulotlar,
  • 6,1 mingta– kiyim-kechak;
  • 4,7 mingta – metall buyumlar;
  • 4,1 mingta – mebel;
  • 3,7 mingta – to‘qimachilik mahsulotlari;
  • 2,7 mingta – rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqaradi.
[gallery ids="10039"] 2025 yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatda umumiy hisobda 488,5 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 6,6 foizga ko‘pdir. Eng yaxshi natijaga erishgan viloyatlar:
  • Toshkent shahri– 91 trln so‘m;
  • Navoiy viloyati– 87,4 trln so‘m;
  • Andijon viloyati– 48,3 trln so‘m;
  • Toshkent viloyati– 72,1 trln so‘m
2

Aholi jon boshiga sanoat mahsuloti ishlab chiqarish

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Navoiy viloyatida (79 578,8 ming so‘m), Toshkent shahrida (29 108,0 ming so‘m), Toshkent viloyatida (23 104,7 ming so‘m), Andijon viloyatida (13 926,4 ming so‘m) o‘rtacha respublika darajasi ko‘rsatkichidan (12 957,9 ming so‘m) sezilarli darajada yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, respublikada aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 104,5 % ni tashkil etgan bo‘lsa, Jizzax viloyatida 109,9 %, Navoiy viloyatida 107,5 %, Xorazm viloyatida 107,3 % qayd etilib respublika ko‘rsatkichidan ancha yuqori natija ma’lum bo‘lmoqda.

Sanoatning tarkibiy tuzilmasi

Sanoat ishlab chiqarishining asosiy qismini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar egallaydi:
  • 85,1 %– ishlab chiqarish sanoati (415,6 trln so‘m);
  • 7,5 % – tog‘-kon sanoati (36,7 trln so‘m)
  • 6,9 %– elektr, gaz va bug‘ bilan ta’minlash (33,6 trln so‘m)
  • 0,5 % – suv, kanalizatsiya va chiqindilarni qayta ishlash (2,7 trln so‘m)

Asosiy mahsulotlar ishlab chiqarilishi

Yilning birinchi yarmida quyidagi asosiy mahsulotlar ishlab chiqarildi:
  • 75,6 ming tonnaавтомобил benzini (14,8 % kamaydi);
  • 3 mln tonna ko‘mir (16,5 % ko‘paydi);
  • 557,5 ming tonnaдизел yoqilg‘isi (10,4 % ko‘paydi);
  • 9,1 mln tonna portland tsement (18,4 % ko‘paydi);
  • 327,8 ming tonnaип-kalava (1,3 % ko‘paydi).

Eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar

2025-yilning yanvar-iyunida:
  • Cobalt – 73 102 dona;
  • Damas– 45 992 dona;
  • Tracker – 22 847 dona;
  • KIA – 11 763 dona;
  • Chery – 4 131 dona;
  • BYD – 7 000 dona;
  • Haval– 3 538 dona (6,5 baravarga o‘sdi);
  • Maxsus avtomobillar– 23 351 dona (82,4 % o‘sdi).

Texnologik rivojlanish darajasi

Sanoat tarmoqlari texnologik darajasi bo‘yicha quyidagicha: Yuqori texnologiyali – 1,0 % (2024-yilda 1,3 % edi) O‘rta-yuqori texnologiyali – 19,7 % O‘rta-quyi texnologiyali – 38,9 %  Quyi texnologiyali – 40,3 %

Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish

2025 yilning birinchi yarmida: 43,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi (106,6 %) 11,3 mln Gkal issiqlik energiyasi (89,3 % – kamayish) Kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi yildan-yilga oshib, bu safar 12,3 mlrd kVt/soatга yetdi.

Atrof-muhit va chiqindilar bilan ishlash

Toshqin va chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlar ham o‘sishda davom etmoqda:
  • Oqova suvlar bilan ishlash – 329,4 mlrd so‘m;
  • Chiqindilarni yig‘ish, tozalash – 204,5 mln so‘m;
  • To‘qimachilik chiqindilari– 11,9 ming tonna (30 % o‘sdi).

Mehrinoza Farmonova tayyorladi

Teglar

Mavzuga oid