add

Saida Mirziyoyeva Britaniyaga to‘ng‘ich farzandini ham olib bordi

16.10.2025 | 18:4046812

Bu Saida Mirziyoyevaning Oksford universitetiga qilgan tashrifidan ulashgan suratlarida aks etgan.

Saida Mirziyoyeva Britaniyaga to‘ng‘ich farzandini ham olib bordi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi, Prezident administratsiyasining rahbari Saida Mirziyoyevaning Buyuk Britaniyaga qilgan rasmiy safarida unga o‘g‘li Miromon hamrohlik qilmoqda. Bu Saida Mirziyoyevaning Oksford universitetiga qilgan tashrifidan ulashgan suratlarida aks etgan. Prezident administratsiyasining rahbarining ta’kidlashicha, Oksford universitetining «Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari» fakultetida endilikda o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi. «Universitetdan Prezidentimiz rahbarligida O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish borasida erishilgan yutuqlarning e’tirofi sifatida mukofot qabul qilganimdan xursandman», - deya yozgan u. Tashrif davomida Saida Mirziyoyeva va uning o‘g‘li Miromon Mirzo Ulug‘bekning «Ziji Ko‘ragoniy», Alisher Navoiyning «Xamsa», Husayn Boyqaroning «Devoni Husayniy», Boburiylar davriga oid miniatyuralar va boshqa ko‘plab nodir kitoblar saqlanayotgan Bodlian kutubxonasi bilan tanishgan. «Tanishuv iliq taassurot qoldirdi», - deydi Mirziyoyeva.

Teglar

Mavzuga oid

Saida Mirziyoyeva Britaniyaga to‘ng‘ich farzandini ham olib bordi | Vaqt.uz