add

So‘m banknotlardagi ketma-ket nollar: dizaynda nima e’tibordan qochirilgan?

Markaziy bank so‘nggi marta 200000 so‘m qiymatdagi kupyura muomalaga kiritganidan so‘ng naqd ketma-ket nollar sababli naqd muomalada chalkashliklar yuzaga kela boshladi. Keling yangi dizayndagi pullarimiz bilan bog‘liq ayrim noqulayliklar haqida gaplashamiz.

So‘m banknotlardagi ketma-ket nollar: dizaynda nima e’tibordan qochirilgan?

Oldingi seriyadagi pullar – 200, 500, 1 000, 5 000, 10 000, 50 000 va 100 000 so‘mlik pullarimizning o‘lchamlari bir xil edi — 144×78 mm.

2021 yilning iyunidan boshlab Buyuk ipak yo‘li mavzusida chop etilgan so‘mning yangi banknotlari esa o‘zining zamonaviy va chiroyli dizayni bilan ajralib turibdi.

Yangi dizayndagi kupyuralarning balandligi bir xil — 69 mm bo‘lsa-da, nominal qiymati oshishiga qarab ularning eniga uzunligi 5 millimetrga oshib boradi: 2 000 va 5 000 so‘mlikning eni — 142 mm, 10 000, 20 000 va 50 000 so‘mlikning eni — 147 mm, 100 000 va 200 000 so‘mlikning  eni 152 mm. Pulning o‘lchami ixchamlashgan, kattaroq nominaldagi summalarning o‘lchami uzunroq bo‘lgani ham bir qulaylik.

Pullarning o‘lchami ixchamlashgani bilan, baribir muomalada ayrim noqulayliklar ham bor. Gap undagi to‘rtta-beshtalab nollarning ajratilmasdan yozilganida.

Xususan, 10 ming so‘m va 20 ming so‘mlik banknotalarning o‘lchami va rangi o‘xshashligi. Bir bog‘lam (pachka) 20 ming so‘mlik ichiga 10 ming so‘mlik solib yuborilsa (masalan, qorong‘ida, mol bozorlarida) sanashda ajratib bo‘lmaydi. Eng so‘nggi chiqarilgan yangi 200 ming so‘mlik banknota dizaynida ham yana ular kabi ko‘k rangdan foydalangan.

Ikkinchi noqulaylik, banknotda qiymatni ifodalashda nollarning ketma-ket yozilishi: 100000, 200000 tarzida. Natijada 20 ming so‘mlik va 200 ming so‘mlikni ajratishda noqulaylik vujudga keladi. Boz ustiga, pullarimiz lotin alifbosida chiqarilmoqda. Aholimizning kiril alifbosida savodi chiqqan yoshi katta qismida kichik shriftda yozilgan pulning nominalini o‘qish va ajratishda qiyinchilik vujudga keladi.

vaл 01

Ha, pullarimizning nollari tobora ko‘paymoqda. Bundan fojia yasamaslik kerak, bunaqa pullarga ega yagona davlat emasmiz. Qolaversa, 1994 yilning 1 iyulida so‘m muomalaga kiritilganidan buyon denominatsiya qilingani yo‘q. (Qayd etish kerakki, bizning milliy valyutamiz denominatsiya qilinishi to‘g‘risidagi chiqqan xabarlar Markaziy bank tomonidan bir necha bor rad etilgan)

Biroq, banknotada mingni ifodalovchi nollarni ifodalashda boshqa davlatlar qanday yo‘l tutganiga e’tibor qaratib, ularning tajribasidan ham foydalanish lozim.

Nollarni ajratishning uchta yo‘li bor:

1) 10000, 20000, 50000, 100000, 200000 ming so‘mlik banknotalarda minglik sanoqni bildiruvchi uchta nolni ajratish: 10 000, 20 000, 50 000, 100 000, 200 000 tarzida (O‘zimizda 1993 yilda so‘m-kupon muomalaga chiqarilganda 10 ming so‘m-kuponda shu usuldan foydalanilgan).

[caption id="attachment_12742" align="aligncenter" width="600"]vaл 02 O‘zbekistonning 1993-1994 yillarda muomalada bo‘lgan 10 ming so‘m-kuponi[/caption] Ayrim davlatlarda turli davrlarda muomalaga chiqarilgan yirik nominaldagi banknotalarda ham minglik sanoqni bildiruvchi uchta noldan avval biroz bo‘shliq (probel) qoldirilgan: [caption id="attachment_12767" align="aligncenter" width="600"]500k ita Italiyaning eski 500 ming lirasi[/caption] [caption id="attachment_12768" align="aligncenter" width="600"]Bel 50k Belarusning eski 50 ming rubli[/caption] [caption id="attachment_12771" align="aligncenter" width="600"]100k rus Rossiyaning eski 100 ming rubli[/caption] [caption id="attachment_12772" align="aligncenter" width="600"]10k tj Tojikistonning eski 10 ming rubli[/caption] [caption id="attachment_12773" align="aligncenter" width="600"]10k az Ozarboyjonning eski 10 ming manati[/caption] [caption id="attachment_12775" align="aligncenter" width="600"]10k is Isroilning eski 10 ming sheqeli[/caption] [caption id="attachment_12776" align="aligncenter" width="600"]50k iraq Iroqning 50 ming dinori[/caption] [caption id="attachment_12777" align="aligncenter" width="600"]20k mex Meksikaning 1992 yilgi pul islohotidan so‘ng 20 mingdan 20 pesoga aylangan puli[/caption]

2) Minglik sanoqdagi nollarni vergul yo nuqta bilan ajratish: 10,000, 20,000, 50,000, 100,000 va 200,000 yoki 10.000, 20.000, 50.000, 100.000 va 200.000 tarzida.

[caption id="attachment_12782" align="aligncenter" width="600"]50k 100k leb Livanning 50 va 100 minglik livri[/caption] [caption id="attachment_12786" align="aligncenter" width="600"]500k vie Viyetnamning 50, 100, 200 va 500 minglik dongi[/caption] [caption id="attachment_12791" align="aligncenter" width="600"]500k arg Argentinaning eski 500 ming pesosi[/caption]

3) Pulning mingliklarni bildiruvchi nollarini boshqa xiraroq rangda, kichikroq shriftda yoki MING so‘zi bilan ifodalab yozish. Bu milliy valyutasini denominatsiyaga tayyorlayotgan davlatlarda kuzatiladi .

[caption id="attachment_12792" align="aligncenter" width="600"]1m iri Eronning amaldagi 1 million riyol puli[/caption]

5m tur

[caption id="attachment_12794" align="aligncenter" width="600"]20m tur Turkiyaning eski 5 va 20 million lirasi 1:1.000.000 nisbatda denominatsiya qilinganidan so‘ng[/caption] [caption id="attachment_12796" align="aligncenter" width="600"]20k col 2014 yilgi redizayndan so‘ng uchta nol MIL (ming) so‘ziga aylantirilgan Kolumbiyaning 20 ming pesosi[/caption]

Milliy valyutamizni emissiya qiluvchi Markaziy bankimiz yuqorida keltirilgan misollarga e’tibor qaratib, bu noqulaylikni bartaraf etsa yaxshi bo‘lar edi.

Shuhrat Shokirjonov tayyorladi. (Kun.uzʼdan olinib, yangilandi).

Teglar

Mavzuga oid