add

Xitoy jahonga qanaqa signal berdi? — SHHT sammiti va Pekindagi harbiy paradning geosiyosiy ramzlari

04.09.2025 | 09:00480514

Chorshanba kuni Pekinda Xitoy tarixidagi eng yirik harbiy parad bo‘lib o‘tdi. XXR raisi Si Jinping nafaqat mamlakatining harbiy qudratini namoyish etdi, balki o‘zining ehtimoliy ittifoqchilarini ham ko‘z-ko‘z qildi.

Xitoy jahonga qanaqa signal berdi? — SHHT sammiti va Pekindagi harbiy paradning geosiyosiy ramzlari
Ular bilan birga «global Janub» deb ataluvchi mamlakatlardan yana yigirmadan ziyod yuqori martabali shaxslar ham ishtirok etdi. Tahlilchilar bu holatda juda ko‘p geosiyosiy signallarni ko‘rmoqda — birinchi navbatda G‘arbga, shuningdek Donald Trampning qator qarorlaridan so‘ng mushkul ahvolda qolgan qolgan dunyoga ham.   Siyosiy sahna BBC muxbiri Lora Bikerning yozishicha, mazkur harbiy paradning eng esda qolarli kadrlaridan biri hatto birinchi to‘p ovozi yangramasidan oldinoq tasvirga tushirilgan. «Rais Si Jinping Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni uzoq quchoqlab qo‘l berib qarshi olgani, keyin esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ko‘rishib, uchovlari birga parad tomoshasiga yo‘l olgani — bu mutlaqo siyosiy teatr edi», — deb ta’kidlaydi u. Bu uch rahbar omma oldida ilk bor birgalikda ko‘rinish berdi va buning uchun ular juda munosib vaqtni tanlashgan. Beijibg parade 02 Donald Trampning e’tiborini birinchi navbatda Xitoy qurollarining hayratomuz namoyishi emas, aynan shu uchrashuv tortdi. AQSH prezidenti bu uch rahbarning biror yashirin reja tuzayotganidan darhol gumon qilgani ehtimol. Lora Bikerning yozishicha, harbiy paradning ko‘lami va unga taklif etilgan mehmonlar tarkibi Xitoyning qaysi yo‘nalishda harakatlanayotganini yaqqol namoyon qildi. Si Jinping o‘zini jahon yetakchisi sifatida namoyish etmoqda — uning yonida xalqaro jamoatchilik tomonidan sanksiyalar ostiga tushgan davlat rahbarlari turibdi. Uning tiz cho‘kib turgan armiyasi esa — G‘arbga raqobat qilish uchun qurilayotgan harbiy kuch. New York Times nashrining ta’kidlashicha, mehmonlar ro‘yxati Pekin bilan G‘arb o‘rtasidagi tafovut qanchalik chuqurlashganini ko‘rsatib berdi. Bu, ayniqsa, Xitoyning Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq. Paradda yetakchi G‘arb demokratik mamlakatlarining yuqori martabali vakillari, jumladan AQSH mutasaddilari yo‘q edi. Ammo Janubiy-Sharqiy va Markaziy Osiyo davlatlarining ko‘plab rahbarlari ishtirok etdi, bu esa Xitoyning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda erishgan yutuqlaridan dalolat beradi, deb yozadi nashr. Brukings institutidagi Jon Tornton nomidagi Xitoy markazi direktori Rayan Hassga ko‘ra, paradda boshqa rahbarlarning ishtirok etishi — Si Jinping o‘z maqsadlariga erishishdagi ildamlashuvni anglatadi.   Bo‘shliqni to‘ldirish BBC’ning diplomatik muxbiri Jeyms Lendeyl eslatishicha, XXR raisi Si Jinping ancha vaqtdan beri o‘zini tarqab borayotgan global tizimlarning o‘rnini egallaydigan yangi jahon tartibining markaziga qo‘yishga intilmoqda. Yanada muhimrog‘i — AQSH xalqaro me’yorlar va institutlardan voz kechgach, Xitoy yuzaga kelgan bo‘shliqni qanday tezlikda to‘ldirayotganidir. Beijiтg parade 04 BBC muxbiriga ko‘ra, buning yanada xavotirli tomoni — AQSHning qattiq bojlari dunyodagi eng yirik demokratiya Hindistonni, jahondagi eng yirik avtokratiya — Xitoy bag‘riga shunchalik tezlikda itarab qo‘ydiki, bu hayratlanarli holdir:
«Donald Tramp boshqarayotgan Amerikaning iqtisodiy millatparvarligi va buzg‘unchi diplomatiyasi Xitoy uchun ilgari bo‘lmagan diplomatik imkoniyatlarni ochmoqda, va Si Jinping bu imkoniyatlarni o‘z sammiti va paradi orqali qo‘shqo‘llab qo‘lga kiritmoqda», deb yozdi Lendeyl.
BBCning Rossiya bo‘yicha muharriri Stiv Rozenbergning fikricha, Pekindagi bu barcha dabdabali sahna va samimiy quchoqlashuvlar avvalo Tramp ma’muriyatiga yuborilgan aniq ishoradir: «Xo‘sh, siz Amerikani yana buyuk qilmoqchimisiz? Axir, sizlar uchun «birinchi navbatda Amerika», to‘g‘rimi? Unda biz AQSH yetakchiligidagi tartibga muqobil taklif beramiz». Shuning uchun ham Putin va Si bir-birlarini «aziz do‘st» va «ko‘p yillik do‘st» deb ataydi; shuning uchun ham Xitoy, Rossiya va KXDR yetakchilari harbiy paradda yonma-yon o‘tiradilar. «Geosiyosiy olamda turli kuchlar Amerika hukmronligiga qarshi birlashmoqda», — deb yozadi Rozenberg. Biroq u shuni ham ta’kidlaydiki, bu kuchlar orasida sezilarli qarama-qarshiliklar saqlanib qolmoqda. Xitoyshunos Aleksey Chigadayev fikricha, Xitoydagi uchrashuvlarning siyosiy ahamiyatini ortiqcha baholash kerak emas. Uning aytishicha, ko‘plab mamlakatlar hozirgi vaziyatdan foydalanib, Xitoy, YeI va AQSH orasida muvozanat saqlash orqali o‘z manfaatlari yo‘lida imtiyozlarga erishishmoqda. «Biz senga yoqmay qoldikmi — unda biz Xitoyga ketamiz. A-a, bizning Xitoy bilan birga bo‘lishimizni xohlamaysanmi? Unda ajablanarli bojlaringni bekor qil, Donald Tramp», — deydi Chigadayev BBC rus xizmatidagi «Bu nima edi?» podkastida. Beijiтg parade 02 Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, hech qanday siyosiy inqilob yuz bergani yo‘q: SHHT asosida yangi BMT tuzilmadi; hamma ham AQSH va YeIdan yuz o‘girgani yo‘q. Bundan tashqari, Si Jinping, Putin va Hindiston bosh vaziri Modining ko‘z-ko‘z qilingan suhbatida ko‘proq manzara bor edi, mazmun esa kamroq edi, deydi Chigadayev: rais Si inglizcha gaplashmaydi va uch liderning birgalikda suhbat olib borishi mumkin emas edi.   Harbiy qudrat «Insoniyat yana tinchlik va urush, muloqot va to‘qnashuv, o‘zaro manfaatli natijalar va nol natijali o‘yin o‘rtasida tanlov oldida turibdi», — dedi Si Jinping paraddagi chiqishida. Xitoy tomonidan namoyish etilgan harbiy qudrat ta’sirli ko‘rinish oldi. «Hisob qilinishicha, XXRning ambitsiyalari avvalo Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga qaratilgan, asosiy maqsad esa Tayvanni qaytarishdir. Buning misoli sifatida Xitoy dengiz kuchlarini keltirish mumkin — ular ko‘p sonli, biroq asosan sohillarga yaqin mahalliy urushlarga mo‘ljallangan. Biroq bu safar paradda namoyish etilgan qurollar Xitoyning global yetakchilikka da’vo qilayotganini ko‘rsatmoqda», — deydi BBC rus xizmati harbiy sharhlovchisi Pavel Aksyonov. U ko‘rsatilgan qurollar orasida yangi versiyadagi qit’alararo ballistik raketa — DF-5C, hipertovushli YJ-19 raketasi va sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi HQ-29 HHH tizimiga e’tibor qaratdi. «Bu qurollarning barchasi Tayvanga desant tushirish uchun juda kuchli yarog‘lar. Bu, avvalo, AQSHga qarata tashlangan chaqiriq bo‘lib, u mintaqadan tashqariga chiqadi», — deydi Aksyonov. [caption id="attachment_15600" align="aligncenter" width="633"]Beijing parade 05 YJ-19 hipertovushli raketalar[/caption] Paradda namoyish etilgan yadroviy uchlikka ham Aleksey Chigadayev alohida e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, parad butun tadbirlar ichidagi eng muhim qismi bo‘ldi. «Biroq biz tushunamizki, paradlar faqat bir maqsad — senda nima borligini ko‘rsatish uchun o‘tkaziladi. Aslida esa Xitoy urush juda qimmatga tushishini tushunib yetgan». Chigadayevning fikricha, eng asosiy signal AQSH va uning ittifoqchilariga qaratilgan: «Qarang, bizda nima bor. Sizda ittifoqchilar bor. Bizda esa harbiy texnika, odamlar, yadroviy qurol bor. Shunday ekan, biz bilan harbiy to‘qnashuv emas, muzokaralar o‘tkazish ma’qul». Balkim parad so‘ngida uchirilgan 80 mingta kabutarlar ham shu yakuniy xulosadan dalolatdir.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoy jahonga qanaqa signal berdi? — SHHT sammiti va Pekindagi harbiy paradning geosiyosiy ramzlari | Vaqt.uz