
1 iyuldan boshlab ID karta va haydovchilik guvohnomasini olib yurish talab etilmaydi
16.05.2025 | 14:0050442
O‘zbekistonda 1 iyuldan boshlab shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shakli rasman yuridik kuchga ega bo‘ladi. Bu orqali fuqarolar endi qayerga bormasin, original pasport yoki haydovchilik guvohnomasini olib yurishlariga hojat qolmaydi.

Yangi tartibga ko‘ra, my.gov.uz yagona portalidagi shaxsiy elektron hujjatlar bank, notarius, aeroport, vokzal va shunga o‘xshash tashkilotlarda rasman qabul qilinadi. Elektron nusxa smartfon orqali ko‘rsatilsa, bu yetarli hisoblanadi.
Bu qaror davlat xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirish, ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirish va raqamli transformatsiyani tezlashtirish maqsadida joriy etilmoqda.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, fuqarolar my.gov.uz portalida shaxsiy kabinetiga kirib, pasporti yoki haydovchilik guvohnomasini elektron tarzda shakllantirishi va zarur paytda taqdim etishi mumkin. Bu jarayon foydalanuvchi uchun bepul va qulay shaklda tashkil etilgan.





