1-maydan «Tonirovka» ruxsatnomasi 412 ming so‘m bo‘ladimi?

Bugun 10:551 daqiqa

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «tonirovka» ruxsatnomasi 412 ming so‘m bo‘lishi haqidagi xabarlarga YHXX rasmiy bayonot berib, amaldagi tartib o‘zgarmaganini ma’lum qildi.

1-maydan «Tonirovka» ruxsatnomasi 412 ming so‘m bo‘ladimi?

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakili ma’lum qilishicha, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yoz mavsumi uchun «tonirovka» ruxsatnomasi 412 000 so‘m etib belgilangani haqida tarqalayotgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ushbu xabarlar rasmiy manbalar bilan tasdiqlanmagan.

«Tonirovka»ning amaldagi narxi

Amaldagi tartibga muvofiq, transport vositalari oynasini qoraytirish uchun ruxsatnoma narxi o‘zgarishsiz qolgan. Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 547-son qarori asosida belgilangan bo‘lib, to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravariga teng.

Hozirgi kunda «tonirovka» ruxsatnomasi uchun to‘lov 3 million 296 ming so‘mni tashkil etadi.

Arzonlashtirilgan ruxsatnoma loyihasi

Shu bilan birga, 2025 yil avgust oyida yozgi mavsum uchun arzonlashtirilgan ruxsatnoma joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi muhokama qilingani haqida xabarlar ma’lum qilingan edi. Unda O‘zbekistonda maydan avgustgacha M1 toifadagi (haydovchilik o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan) avtotransport vositalari uchun tonirovkaga ruxsatnoma narxi arzonlashadi. Bunda belgilangan to‘lov 412 ming so‘mni tashkil etadi.

Biroq mazkur tashabbus hali qonunchilik darajasida qabul qilinmagan va amaliyotga joriy etilmagan.

Fuqarolardan esa asossiz va tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik, faqat ishonchli manbalarga tayanish so‘ralmoqda.

Teglar

Mavzuga oid