add

1 mln dollar jamg‘armali «President Tech Award» startap tanlovi e’lon qilindi

10.06.2025 | 17:2013133

IT Park Uzbekistan «President Tech Award» tanlovini e’lon qildi. U texnologik yo‘nalishlardagi yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, umumiy mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarni tashkil etadi.

1 mln dollar jamg‘armali «President Tech Award» startap tanlovi e’lon qilindi
O‘zbekistonda ilk bor IT Park Uzbekistan tashabbusi bilan texnologik va raqamli yechimlar sohasidagi yirik tanlov — «President Tech Award» start oldi. U startaplar, yosh tadbirkorlar va innovatsion yechimlarga ega ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi. Tanlov beshta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi: sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalar, ijtimoiy sohalar uchun raqamli yechimlar, kompyuter va mobil o‘yinlar, moliyaviy texnologiyalar va tadbirkorlik, shuningdek, Micro-SaaS va AdTech sohasidagi yechimlar. Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblarga quyidagi pul mukofotlari belgilangan: 1-o‘rin — $100 000, 2-o‘rin — $50 000, 3-o‘rin — $30 000. Shuningdek, maxsus «Xakaton» yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan jamoaga $100 000 miqdorida grant ajratiladi. Ushbu yo‘nalishda standartdan tashqari, innovatsion va eksperimental loyihalar taqdim etiladi. «President Tech Award» tanlovi yosh mutaxassislar va startapchilar uchun katta imkoniyat yaratib, ularning g‘oyalarini amaliy yechimga aylantirish va xalqaro bozorga chiqishiga xizmat qiladi. Bu tashabbus O‘zbekistonda startap muhitini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam sifatida e’tirof etilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid