add

1 oktyabrda maktabning barcha xodimlari mukofotlanadi

Mukofotning maksimal miqdori ish haqining eng kam miqdoridan 75 foizgacha etib belgilangan. Bu esa hozirgi hisobda 953 ming 250 so‘mni tashkil etadi.

1 oktyabrda maktabning barcha xodimlari mukofotlanadi
O‘zbekistonda o‘qituvchilar va barcha maktab xodimlari «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan moliyaviy rag‘batlantiriladi. Без имени 1 Prezidentning 2025 yil mart oyidagi farmoniga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2019 yilda qabul qilingan qaroriga o‘zgarish kiritilgan edi. Yangi tartibga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar, rahbarlar va texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar 1 oktyabr munosabati bilan direktor jamg‘armasi imkoniyatlaridan kelib chiqib mukofotlanadi. Mukofotning maksimal miqdori ish haqining eng kam miqdoridan 75 foizgacha etib belgilangan. Bu esa hozirgi hisobda 953 ming 250 so‘mni tashkil etadi. «Bundan ko‘p mukofot berish mumkin emas, lekin moliyaviy imkoniyati bo‘lmasa, bundan kam berish mumkin», deya izoh berdi huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 12 sentyabr kuni hududiy rahbariyatlarga yo‘llagan ko‘rsatma xatda barcha toifadagi xodimlarni, jumladan rahbarlar va texnik xizmat ko‘rsatuvchilarni ham mavjud mablag‘lar doirasida mukofotlash vazifasini yuklatdi. Mukofotning manbai — direktor jamg‘armasi bo‘lib, uning moliyaviy holatiga qarab har bir muassasada mukofot miqdori turlicha belgilanadi.

Teglar

Mavzuga oid