add

10 mingdan ortiq obunachiga ega blogerlarga majburiyatlar belgilanmoqda

O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq obunachiga ega bloger va inflyuyenserlar uchun qo‘shimcha majburiyatlar joriy etilishi mumkin. «Onlayn-platformalar foydalanuvchilari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

10 mingdan ortiq obunachiga ega blogerlarga majburiyatlar belgilanmoqda
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e’lon qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, onlayn-platforma va veb-saytlarda noqonuniy kontent tarqatilishi taqiqlanadi. «Inflyuyenser» deb 10 mingdan ortiq obunachiga ega blogerlarga ta’rif berilgan va ularga qator yuridik majburiyatlar yuklatilmoqda. Inflyuyenserlar kontent umumiy foydalanishga chiqarilishidan oldin uning haqqoniyligini tekshirishi, shaxsning sha’ni va tashkilot obro‘siga putur yetkazuvchi yolg‘on axborotni tarqatmasligi va bunday kontent yuborilishiga yo‘l qo‘ymasligi shart. Ular o‘z akkaunti yoki saytidagi fikr-mulohaza va izohlar bo‘limlarini monitoring qilishi, noqonuniy kontent aniqlansa, zudlik bilan olib tashlashi kerak. Qonun loyihasiga ko‘ra, inflyuyenserlar yolg‘on axborot tarqatilgan taqdirda uni o‘chirishi yoki maxsus belgilar orqali uning yolg‘on ekanini ko‘rsatishi shart. Shuningdek, ular murojaatlar uchun aloqa ma’lumotlarini ochiq joylashtirishi va javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni amalga oshirmasligi lozim. Onlayn platformalar egalari sud qarorlarini muntazam bajarmagan holda, platforma faoliyatiga nisbatan internet tezligini pasaytirish to‘g‘risidagi talablar yuzaga kelishi mumkin.  

Teglar

Mavzuga oid