add

15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQSHga sayohat qildi

Bugun 18:431 daqiqa

AQSHga sayohatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 1,2 ming nafarga oshdi, safarlarning aksar qismi turistik va qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida amalga oshirilgan.

15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQSHga sayohat qildi

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistondan AQSHga turistik maqsadlarda jami 15 259 nafar fuqaro safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 ming nafarga ko‘p bo‘lib, tashqi turistik harakatlarda barqaror o‘sish saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHga amalga oshirilgan safarlarda eng katta ulush an’anaviy ravishda sayohat maqsadi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Turizm yo‘nalishidagi safarlar umumiy oqimning asosiy qismini tashkil etib, fuqarolarning dam olish va mamlakat bilan tanishishga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanini aks ettirmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilishicha, safar maqsadlari bo‘yicha aqsimot quyidagicha:

Sayohat — 10 841 nafar;

Qarindoshlarni yo‘qlash — 3 750 nafar;

O‘qish — 333 nafar;

Xizmat yuzasidan — 307 nafar;

Davolanish — 28 nafar.

Taqdim etilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, 2025 yilda AQSH O‘zbekiston fuqarolari uchun asosan turistik yo‘nalish sifatida qolmoqda. Biroq ta’lim va xizmat safari maqsadidagi tashriflar ham mavjud bo‘lib, ular ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar xilma-xilligini namoyon etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida jami 17 ming 900 ta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan AQSH kapitali ishtirokida korxonalar 336 tani tashkil qiladi.

Teglar

Mavzuga oid