add

15,5 million yo‘lovchi: O‘zbekiston aeroportlari yilni o‘sish bilan yakunladi

Bugun 07:582 daqiqa

2025-yilda O‘zbekistondagi aeroportlarda parvozlar soni, xalqaro yo‘nalishlar va yuk aylanmasi barqaror o‘sishni ko‘rsatdi.

15,5 million yo‘lovchi: O‘zbekiston aeroportlari yilni o‘sish bilan yakunladi

2025 yil «Uzbekistan Airports» uchun barqaror o‘sish yili bo‘ldi. Yil davomida mamlakat aeroportlarida 128 972 ta aviareys amalga oshirildi — bu 2024 yilga nisbatan 14 foizga ko‘p. Shundan 92 480 tasi xalqaro (+15,2 foiz), 36 492 tasi esa ichki yo‘nalishlarga (+9,2 foiz) to‘g‘ri keldi. 2024 yilda bu borada o‘sish 33 foiz bo‘lgan edi.

Yo‘lovchilar oqimi ham sezilarli oshdi: aeroportlar 15 mln 504 ming 264 nafar yo‘lovchiга xizmat ko‘rsatdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 15 foiz o‘sish demakdir. Xalqaro parvozlardan 12 mln 707 ming 101 nafar (+15,2 foiz), ichki aviatashuvlardan esa 2 mln 797 ming 163 nafar yo‘lovchi (+12,7 foiz) foydalangan, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

 

Yuk va yangi aviakompaniyalar

Yuk tashish segmentida ham ijobiy dinamika saqlanib qoldi. 2025 yilda 98 ming 137 tonna yuk va pochta qayta ishlandi —bu borada 12 foizlik o‘sish qayd etildi.

Yil davomida O‘zbekiston aeroportlariga to‘rtta yangi xorijiy aviatashuvchilari jalb etildi: Xitoyning «Air China», «China Eastern Airlines», Janubiy Koreyaning «Korean T’Way» hamda Malayziyaning «Air Asia» aviakompaniyalari. Bu xalqaro yo‘nalishlar geografiyasini kengaytirishga xizmat qildi.

 

Tarmoq istiqbollari

Yakunlar O‘zbekiston aviatsiya sohasida izchil rivojlanish davom etayotganini ko‘rsatdi. Xalqaro qatnovlar faolligi oshib, ichki aviatashuvlar bosqichma-bosqich kengaymoqda. Infratuzilma va marshrutlar portfelining boyishi kelgusi yillarda ham yo‘lovchi va yuk oqimlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid