1,8 mlrd so‘m jarimani 210 mln so‘mga tushirib berishni vada qilgan shaxs ushlandi

Bugun 10:251 daqiqa

Farg‘onada elektr jarimasini kamaytirib berish evaziga 10 ming dollar pora talab qilgan muhandis qo‘lga olindi.

1,8 mlrd so‘m jarimani 210 mln so‘mga tushirib berishni vada qilgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyatida «Energosavdo» filiali muhandisi katta miqdorda pora talab qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, muhandis o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, O‘zbekiston tumanida yashovchi 1962 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli xonadon va xususiy bog‘cha bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma yuzasidan hisoblangan 1,8 mlrd so‘m jarimani 210 mln so‘mga tushirib berishni taklif qilgan.

photo_2026-03-18_10-25-51

Bu xizmat evaziga u fuqarodan 10 ming AQSH dollari talab qilgan. Holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan nazoratga olingan va tezkor tadbir rejalashtirilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda muhandis 9 ming AQSH dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Muhandisga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid