add

2025 yil davomida tez yordamga 14,3 millionta chaqiruv kelib tushgan

Bugun 16:391 daqiqa

O‘zbekistonda bir yil ichida «103» xizmatiga 14,3 millionga yaqin murojaat kelib tushib, chaqiruvlar soni qariyb 6 foizga oshgan.

2025 yil davomida tez yordamga 14,3 millionta chaqiruv kelib tushgan© Фото: t.me/ssvuz

2025 yil davomida O‘zbekiston bo‘ylab «103» tez tibbiy yordam xizmatiga jami 14 million 299 ming 948 ta chaqiruv kelib tushdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 763,5 mingtaga yoki taxminan 5,6 foizga ko‘pdir. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, chaqiruvlarning asosiy qismi shoshilinch holatlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Xususan, 10 million 218 ming 37 ta murojaat zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatishni talab qilgan. Bu aholi salomatligi bilan bog‘liq xavfli holatlar hali ham yuqori darajada ekanini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, surunkali kasalliklar bilan bog‘liq chaqiruvlar ham salmoqli ulushni tashkil etgan. 2025 yilda bunday murojaatlar soni 3 million 856 ming 901 tani tashkil qildi. Tug‘uruqlar bilan bog‘liq chaqiriqlar esa 100 ming 453 taga teng bo‘lgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p murojaat Toshkent shahrida qayd etilgan — 1 million 462 ming 6 ta. Undan keyin Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo va Namangan viloyatlari joy olgan. Eng kam chaqiruvlar Navoiy, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro va Xorazm viloyatlarida kuzatilgan.

Ma’lumot o‘rnida, tez tibbiy yordam xizmatida elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etilgandan so‘ng brigadalarning chaqiruvga yetib borish vaqti 25–30 daqiqadan 10–15 daqiqagacha qisqargan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yildan «Online-shifokor» tizimi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergandik. Ya’ni, tez tibbiy yordam xizmatida aholi uchun onlayn shifokor maslahatlari tizimi ishga tushiriladi.

Teglar

Mavzuga oid