add

2025 yilning avgust oyida O‘zbekiston banklaridagi eng daromadli so‘m omonatlari

11.08.2025 | 15:307337

O‘zbekistonda 35 ta bankdan 24 tasi milliy valyutada omonat taklif qilmoqda. Maksimal yillik stavka — 23 foiz, ammo u qat’iy shartlar evaziga beriladi.

2025 yilning avgust oyida O‘zbekiston banklaridagi eng daromadli so‘m omonatlari
Spot nashri O‘zbekiston banklaridagi oflayn va onlayn omonatlar shartlarini o‘rgandi. 2025 yil avgust oyi holatiga so‘mdagi omonatlarini 24 ta bankda ochish mumkin. Garchi 2025 yilning fevralida stavkalar pasaytirilganiga qaramasdan, bozordagi o‘rtacha yillik foiz stavkasi 20–21 foiz darajasida saqlanmoqda va bu hali ham 8 foizlik inflyatsiya darajasidan ancha yuqori. Foiz stavkalari 17 foizdan 23 foizgacha o‘zgarib turibdi. Eng yuqori — 23 foizlik yillik stavkani ANORBANK va «POYTAXT BANK» taklif qilmoqda. Biroq bu kabi yuqori foizli omonatlar odatda cheklovlar bilan beriladi: ularni to‘ldirib bo‘lmaydi yoki muddatidan oldin yechib olish mumkin emas. Ayrim banklar qo‘shimcha mablag‘ kiritishni faqat ilk oylarda yoki belgilangan minimal summadan oshgan taqdirdagina qabul qiladi. Masalan, Universal Bank omonatga qo‘shimcha kiritish uchun kamida 500 ming so‘m talab qiladi. Shu bilan birga, o‘rtacha daromadli (20–21 foizlik) va shartlari egiluvchan bo‘lgan omonatlar soni ortib bormoqda. Bunday turdagi omonatlar hisobiga qo‘shimcha mablag‘ qo‘shish, ayrim hollarda esa qisman yechib olish mumkin, bu esa kengroq mijozlar uchun qulaylik yaratadi. Omonat ochish uchun minimal kirish summasi 10 ming so‘mdan boshlanadi, ammo ko‘pchilik banklar 500 ming–1 mln so‘m orasida talab qiladi. Eng yuqori kiritish chegarasi Tenge Bankda — 10 mln so‘m. Muddatidan oldin omonatni yopishda foizlar muddatga qarab qayta hisoblanadi va ortiqcha to‘langan miqdor asosiy summadan chegirib qolinadi. Shu bois, mijozlar shartlarni oldindan to‘liq o‘rganib chiqishi tavsiya etiladi.  

Bank

Stavka Min. Сумма (so‘m) Muddat To‘ldirish

Yechish

«POYTAXT BANK»

23 foiz

1 mln 24 oy -

-

ANORBANK

23 foiz

500 ming 24 oy Dastlabki 12 oy

500 ming qoldik bilan

ASIA ALLIANCE BANK

22 foiz

1 mln 24 oy -

-

Infin Bank

22 foiz

1 mln 24 oy Dastlabki 12 oy

1 mln

Universal Bank

22 foiz

500 ming 22 oy Minimum 500 ming

-

«Ipoteka-bank»

21 – 22 foiz*

500 ming 24 oy Dastlabki 3 oy

-

TBC BANK

20 – 22 foiz***

100 ming do 24 oy -

-

«Davr bank»

21 foiz

100 ming do 60 oy +

+

«Turonbank»

21 foiz

100 ming 18 oy +

+

«AloqaBank»

21 foiz

1 mln 18 oy -

-

«Trastbank»

21 foiz

500 ming 24 oy Dastlabki 12 oy

500 ming qoldiq bilan

«O‘zsanoatqurilishbank»

21 foiz

100 ming 13 oy -

-

«Agrobank»

21 foiz

500 ming 13 oy Minimum 500 ming

500 ming qoldiq bilan

«Asakabank»

19−21 foiz**

100 ming 24 oy +

-

NBU

20−21 foiz*

500 ming 6 oy +

-

«Biznesni rivojlantirish banki»

20− 21 foiz*

500 ming 13 oy +

+

«Mikrokreditbank»

20−21 foiz*

3 mln do 24 oy +

3 mln qoldiq bilan

«Kapitalbank»

20 foiz

100 ming 25 oy +

-

Garant Bank

20 foiz

10 ming 555 oy Dastlabki 333 kun

-

HamkorBank

20 foiz

500 ming 13 oy +

+

«Ipak Yo‘li»

20 foiz

1 mln 24 oy -

-

Tenge Bank

19 foiz

10 mln 12 oy -

-

Xalq Bank

19 foiz

100 ming 24 oy +

-

Orient Finans Bank

17−18 foiz*

1 mln 13 oy -

-

* — omonatlar stavkasi onlayn yoki oflan ochilishiga qarab farqlanishi mumkin. ** — bankning mobil ilovasi orqali ochilganda +2 foiz qo‘shiladi. *** — omonatni to‘ldirish yoki pul yechish rad etilgan holatlarda stavkaga 2 foiz qo‘shiladi.

P.S. Maqolada ko‘rsatilgan ma’lumotlar maqola e’lon qilingan vaqt uchun taalluqli va tanishtiruvchi xarakterga ega. Ma’lumotlarni banklardan aniqlashtirib olish tavsiya qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid

2025 yilning avgust oyida O‘zbekiston banklaridagi eng daromadli so‘m omonatlari | Vaqt.uz