add

2026 yildan avtosug‘urta tariflari yangilanadi

24.07.2025 | 14:3016743

2026 yil 1 yanvardan boshlab transport vositalari uchun majburiy fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi bo‘yicha tariflar qayta ko‘rib chiqildi. Yangi tariflar haydovchilar soniga qarab turlicha belgilandi.

2026 yildan avtosug‘urta tariflari yangilanadi
2025 yil 23 iyul kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 458-sonli qarorga asosan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish uchun belgilanadigan tariflar yangilandi. Ushbu tariflar 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Tariflar haydovchilar soni cheklangan yoki cheklanmagan bo‘lishiga qarab farq qiladi. Cheklangan haydovchilar soni bo‘lgan polislar uchun Toshkent shahri va viloyatida yengil avtomobillar 192 ming so‘m, yuk mashinalari esa 336 ming so‘m etib belgilandi. Qolgan viloyatlarda ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 160 ming va 280 ming so‘mni tashkil etadi. Chegara orqali, ya’ni chet el davlatlaridan kirib kelayotgan transport vositalari uchun esa tariflar yuqori: yengil avtomobillar uchun 320 ming so‘m, yuk avtomobillari uchun esa 560 ming so‘m qilib belgilandi. Agar haydovchilar soniga cheklov qo‘yilmasa, polis narxi yuqoridagi tariflarning ikki barobari miqdorida to‘lanadi. Ya’ni cheklovsiz polislar ancha qimmatga tushishi mumkin. Ushbu o‘zgarishlar avtosug‘urta bozorida mas’uliyatni kuchaytirish, transport vositalari egalari o‘rtasida huquqiy kafolatlarni ta’minlash hamda ehtimoliy halokat holatlarida fuqarolik javobgarligini aniq belgilash maqsadida joriy etilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

2026 yildan avtosug‘urta tariflari yangilanadi | Vaqt.uz