add

2026 yildan ijara to‘lovi minimal stavkalari oshirilishi mumkin

28.11.2025 | 14:253311 daqiqa

2026 yil uchun mo‘ljallangan davlat byudjeti loyihasiga ko‘ra, ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini oshirish taklif etilmoqda.

2026 yildan ijara to‘lovi minimal stavkalari oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda 2026 yil 1-yanvardan boshlab ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarining ijarasidan olinadigan daromadlarni hisoblashda qo‘llanadigan minimal stavkalarni 7 foizga indeksatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Turar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka quyidagicha belgilanishi kutilmoqda (1 kvadrat metr uchun oyiga):

Toshkent shahrida — 30 ming so‘m (amalda 28 ming so‘m);

Nukus va viloyat markazlarida — 14,5 ming so‘m (amalda 13,5 ming so‘m);

Boshqa aholi punktlarida — 5,9 ming so‘m (amalda 5,5 ming so‘m).

Noturar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka quyidagicha belgilanishi kutilmoqda (1 kvadrat metr uchun oyiga):

Toshkent shahrida — 48 ming so‘m (amalda 45 ming so‘m);

Nukus va viloyat markazlarida — 28,4 ming so‘m (amalda 26,5 ming so‘m);

Boshqa aholi punktlarida — 11,8 ming so‘m (amalda 11 ming so‘m).

Transport vositalari bo‘yicha ham o‘zgarishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan. Yengil avtomobillar ijarasi uchun minimal oylik to‘lov 918 ming so‘m etib belgilanishi taklif qilinmoqda (amalda 858 ming so‘m). Mikroavtobus, avtobus va yuk avtomobillari uchun eng kam to‘lov 1 mln 824 ming so‘m bo‘lishi kutilmoqda (amalda 1 mln 705 ming so‘m).

Loyihaga ko‘ra, ushbu stavkalar qonunchilikda mol-mulkni ijaraga beruvchilar daromadlariga soliq solish maqsadida qo‘llanadi. Ular ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga ham tatbiq etiladi, ammo yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalar bundan mustasno etiladi. 2025 yilda esa minimal ijara stavkalari 10–12 foizga indeksatsiya qilingan edi.

Teglar

Mavzuga oid