Logo

22-iyun kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bugun 17:552 daqiqa

«O‘zgidromet» prognoziga ko‘ra, yakshanba kuni respublikaning qator hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli bor. Ayrim viloyatlarda havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi.

22-iyun kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

«O‘zgidromet» xabar berishicha, 22-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi, 10–12 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21–23 daraja, kunduzi 34–36 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 39–44 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 39–44 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 39–44 daraja bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 33–38 daraja bo‘ladi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 33–38 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 37–42 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 31–36 daraja bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid