27 sentyabr — Ozarboyjonda Xotira kuni: Buyuk G‘alaba sari boshlangan yo‘l
27.09.2025 | 14:00184927
Bugun — Ozarboyjonda Ikkinchi Qorabog‘ urushida g‘alaba qozonganiga besh yil to‘ldi. 44 kun davom etgan urush Ozarboyjonning to‘liq g‘alabasi va ishg‘ol etilgan yerlarning qaytarilishi bilan yakunlangan edi.

Ozarboyjon xalqi o‘z harbiy tarixiga zarhal harflar bilan yozilgan 44 kunlik Vatan urushi orqali so‘nmas g‘alaba safarbarligining besh yilligini xotirlamoqda. Ayni 2020 yil kuzida Ozarboyjon armiyasining har bir harbiy xizmatchisi — safdorlardan tortib oliy darajadagi ofitserlargacha o‘z joni va qoni bilan 30 yil davomida taqvimni egallagan okkupatsiya sanalarini G‘alaba kunlari bilan almashtirdi.
Mehrbon va minnatdor ozarboyjon xalqi o‘zining mard va jasur farzandlarining jasorat, matonat va fidokorligini har doim yuksak qadrlaydi va muqaddas ish yo‘lida ko‘z ochib yumguncha jonini fido qilgan shahidlarning yorqin xotirasini muqaddas saqlaydi.
44 kunlik Vatan urushi — har kuni qahramonlik dostoni bo‘lgan ushbu tarix Ozarboyjonning harbiy salohiyati, Qurolli kuchlar kasbiy mahorati va adolat yo‘lidagi armiyaning haqiqatparvar kurashini namoyon etdi.
G‘alabali Oliy Bosh qo‘mondon Ilhom Aliyevning 2020 yil 2 dekabrdagi farmoniga muvofiq, Vatan urushi boshlangan sana — 27 sentyabr mamlakat hududiy yaxlitligi uchun qahramonlarcha jang qilib, jon fido qilgan shahidlarimiz xotirasiga chuqur ehtirom ifodasi sifatida Xotira kuni deb belgilangan.
AzetTAC agentligi 44 kunlik Vatan urushining hal qiluvchi lahzalarini, g‘ururli armiya tomonidan yozilgan qahramonlik solnomasini va Buyuk G‘alabani ta’minlagan asosiy omillarni yana bir bor eslatib o‘tdi.
«Temir musht» operatsiyasi
Urush boshlangan birinchi kuniyoq Ozarboyjon Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Ilhom Aliyev televideniye orqali xalqqa murojaat qilib, Armaniston Qurolli Kuchlari tomonidan bir nechta yo‘nalishda amalga oshirilgan harbiy provokatsiyalarga javoban armiyaning keng ko‘lamli qarshi hujum operatsiyasini boshlaganini ma’lum qildi.
«Armaniston — okkupant davlat. Bu okkupatsiyaga barham berish kerak va u barham topadi. Biz adolat yo‘lidamiz. Bizning ishimiz haq. Biz g‘alaba qozonamiz! Qorabog‘ — bu bizning zaminimiz, Qorabog‘ — bu Ozarboyjondir!» — dedi Aliyev. Uning xalqka qilgan ushbu murojaati har bir ozarboyjonlikni g‘alabaga ishontirgan asosiy shiorga aylandi.
Qarshi hujum operatsiyasining ilk soatlaridayoq frontdan birin-ketin quvonchli xabarlar kela boshladi. Dushmanning mustahkamlangan oldingi mudofaa chizig‘i yorilib, Fuzuliy tumanidagi Qoraxonbeyli, Yuqori Abdurrahmonli, Horadiz va Gervend qishloqlari, Jabroil tumanidagi Nuzgar va Buyuk Marjonli qishloqlari hamda Oqdara tumanidagi muhim strategik tepaliklar va Murovtog‘ tog‘ tizmasidagi nuqtalar ozod qilingani haqidagi xabar katta shodlik bilan qarshi olindi.
3 oktyabr kuni Ozarboyjon armiyasi shimoliy frontdagi strategik ahamiyatga ega Madagiz qishlog‘ini ozod qildi. Oradan bir kun o‘tib, dushmandan Jabroil shahri tozalandi, 9 oktyabr kuni esa Hadrud shaharchasi ozod qilindi. Armaniston Qurolli Kuchlarining «yengilmasligi» haqidagi afsonani parchalagan qahramon armiya 17 oktyabr kuni Fuzuliy shahriga Ozarboyjon bayrog‘ini tikdi, 18 oktyabr kuni esa Xudofarin ko‘prigida mamlakatning uch rangli bayrog‘i hilpiray boshladi. Ikki kun o‘tib — 20 oktyabr kuni Zangilon shahri ham okkupatsiyadan ozod etildi.
25–26 oktyabr kunlari armiya Zangilan, Jabroil va Qubadli tumanlaridagi 17 qishloq hamda G‘ubadli shaharini ozod qildi. 28 oktyabrdan 7 noyabrgacha Ozarboyjon armiyasi 53 ta qishloq va bir necha muhim strategik tepalikni ozod qilib, keyingi maqsadini — Qorabog‘ning qalbi bo‘lmish Shusha shahrini qaytarishni belgiladi. Maxsus tayinlangan bo‘linmalar tog‘ va o‘rmonlar orqali yurish qilib, Shusha tog‘larining tik jarlaridan oshib, shaharga bir nechta yo‘nalishlardan kirib borishdi. Qahramon armiya Shusha operatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladi va bu jangovar yurish jahon harbiy tarixi sahifalarida munosib o‘rinni egalladi.
Shusha shahri ozod qilingani haqidagi quvonchli xabarni Oliy Bosh Qo‘mondon Ilhom Aliyev 8 noyabr kuni ertalab Shahidlar xiyobonida xalqqa ma’lum qildi.
Prezident ulkan faxr bilan xalqimizni tabrikladi:
«28 yarim yil okkupatsiya ostida bo‘lgan Shusha ozod qilindi! Endi Shusha erkin! Biz Shushaga qaytdik! Biz bu tarixiy g‘alabani jang maydonida qo‘lga kiritdik. 2020 yil 8 noyabr Ozarboyjon tarixiga abadiy zarhal harflar bilan yoziladi. Bu tarix abadiy yashaydi. Bu — bizning Shonli G‘alaba kunimiz! Biz bu g‘alabani jang maydonida qozondik».
Shusha shahrining ozod qilinishi armiyamizning g‘alabasi bilan faxrlangan xalqni ruhlantirdi, ammo dushman armiyasining irodasini butunlay sindirdi. 9 noyabr kuni Ozarboyjon armiyasi yana 71 qishloq, 1 shaharcha va 8 ta strategik tepalikni dushmandan tozaladi.
Kuchli mag‘lubiyat Armaniston hukumati va shaxsan Nikol Pashinyanni taslim bo‘lish aktini imzolashga majbur qildi. 9 noyabrdan 10 noyabrga o‘tar kechasi Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan tomonidan uch tomonlama Bayanot imzolanishi bilan harbiy harakatlar to‘xtatildi. Unga muvofiq, 20 noyabr kuni Ag‘dam tumani, 25 noyabr kuni Kelbajar tumani va 1 dekabr kuni Lochin tumani Ozarboyjon Qurolli Kuchlariga topshirildi.
Qorabog‘da Ozarboyjon armiyasi tomonidan olib borilgan muvaffaqiyatli qarshi hujum operatsiyasi natijasida 27 sentyabrdan 9 noyabrgacha jami 5 ta shahar, 4 ta shaharcha va 286 ta qishloq okkupatsiyadan ozod etildi. Bu zamonaviy harbiy tarixdagi o‘ziga xos va mislsiz muvaffaqiyatli operatsiyalardan biri bo‘ldi. Armaniston armiyasi deyarli to‘liq yo‘q qilindi, desa bo‘ladi.
Vatan urushida Ozarboyjon armiyasining jang tajribasi va taktikasini bugungi kunda dunyodagi rivojlangan davlatlarning harbiy maktablari o‘rganmoqda. Maxsus zamonaviy qurol-yarog‘dan foydalangan holda 44 kunda amalga oshirilgan harbiy harakatlar davomida milliy armiya yuksak professionalizm namoyon etdi. Agar Armaniston armiyasida o‘n minglab dezertirlar bo‘lgan bo‘lsa, Ozarboyjon armiyasi safidan birorta askar jang maydonini tark etmadi.
Hech kim va hech narsa unutilmaydi…
Vatan urushida qozonilgan shonli g‘alaba ozarboyjon xalqining mard farzandlari qoni va joni evaziga qo‘lga kiritildi. Vatan himoyasidagi qonli janglarda o‘z yerlarini okkupatsiyadan ozod qilish yo‘lida Ozarboyjon Qurolli Kuchlarining 2900 nafardan ortiq askar va ofitseri shahidlik maqomiga yetishdi. Shahidlar va g‘oziylar qahramonligi davlat va xalq tomonidan yuksak qadrlanadi. Butun dunyo bo‘ylab yashayotgan ozarboyjonliklar shahidlar xotirasini faqat Xotira kunida emas, balki har doim e’zozlab eslab keladi.
Ozarboyjon Prezidentining maxsus farmoyishida quyidagicha ta’kidlangan:
«Yerlarimiz shahidlar, askar va ofitserlar, g‘oziylar qoni va joni evaziga okkupatsiyadan ozod qilindi. Bugun bizning g‘alabali armiyamiz yozgan tarix, kelgusida yanada tez sur’atlarda rivojlanadigan va gullab-yashnaydigan Ozarboyjon uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bu bilan birga, mintaqada barqaror va uzoq muddatli tinchlik, osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlashda muhim omilga aylanadi».
Zafarli Oliy Bosh qo‘mondon Ilhom Aliyev ozarboyjon xalqiga bu shonli g‘alabani taqdim etgan mard Ozarboyjon armiyasining qahramonligini yuksak baholab, janglarda jasorat ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarni mukofotlash haqidagi farmoyishlarni imzoladi. Ilhom Aliyev tomonidan 2020–2021 yillarda imzolangan farmoyishlarga ko‘ra, jami 159 mingdan ziyod Vatan urushi ishtirokchisi turli orden va medallar bilan taqdirlandi.
2020 yil 3 dekabrda Prezident Ilhom Aliyev tomonidan imzolangan farmoyishga muvofiq, Vatan urushida ozarboyjon xalqi ko‘rsatgan beqiyos qahramonlik va u qozongan buyuk tarixiy G‘alabani asrab-avaylash, jamoatchilikka namoyon etish, shuningdek, shahidlarimizning muqaddas xotirasini abadiylashtirish maqsadida Vatan urushi yodgorlik majmuasi va G‘alaba muzeyi loyihalari ishlab chiqilib, qurilish ishlari boshlangan. O‘tgan yilning 8 noyabrida Prezident Ilhom Aliyev, birinchi xonim Mehribon Aliyeva va ularning o‘g‘li Haydar Aliyev Boku shahridagi G‘alaba bog‘i ochilish marosimida ishtirok etdi.
Poytaxtdagi 8 Noyabr prospektida bunyod etilgan G‘alaba bog‘ining maydoni taxminan 10 gektarni tashkil qiladi. Park darvozasida 44 metr balandlikda, 22 metr kenglikda qurilgan, 44 ta ustundan iborat bo‘lgan G‘alaba arkasi qad rostlagan bo‘lib, u 44 kunlik Vatan urushi ramzi hisoblanadi.
G‘alaba bog‘i yon-atrofida 8 noyabr — G‘alaba kuniga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatilgan. U mazkur kuni va temirdek mustahkam milliy birlik ramzi sifatida namoyon bo‘ladi. Yodgorlik atrofi Qorabog‘ gilamlarining o‘ziga xos naqshi va gullarini aks ettiruvchi yashil maydonlar bilan bezatilgan.
Tarixiy yerlarni ozod qilish yo‘lidagi G‘alabaga olib kelgan yo‘lni va Vatan urushida qahramonlik ko‘rsatgan askarlar, ofitserlar hamda shahidlarimizning xotirasini abadiylashtirish maqsadida bog‘ hududida G‘alaba muzeyi qurilmoqda. Bog‘da hozircha qurilish jarayonida bo‘lgan mazkur muzeyga ikki tomonlama kirish yo‘llari nazarda tutilgan. Muzeyda har bir shahidning nomi muhrlanadi. Bu yerda joylashtiriladigan eksponatlar orqali okkupatsiyadan ozod qilingan yerlar uchun jang qilgan askar va ofitserlarning mardliklari, xalqimizning irodasi va qayrat-shijoati namoyon etiladi.
G‘alaba bog‘ida maxsus tematik bog‘, kaskadli sharshara, Qorabog‘ xotira bog‘i va kuzatuv maydonchasi barpo etilgan. Xotira bog‘i atrofida dam olish maskanlari tashkil etilgan. Bog‘ oxirida Ozodlik Bayrog‘i maydoni qurilgan.
Butun ozarboyjon xalqining Vatan urushida ko‘rsatgan beqiyos jasorati, u qozongan buyuk tarixiy Zafar, hududiy yaxlitlik va suverenitetning to‘la tiklanishi ramzi sifatida Xonkendi shahrida ham G‘alaba bog‘i va G‘alaba muzeyi bunyod etish ishlari davom etmoqda.
Shu yilning fevral oyida Ilhom Aliyev tomonidan Xonkendida G‘alaba bog‘ining poydevori qo‘yildi. Maydoni 8,3 gektarni tashkil qiluvchi bog‘ hududida okkupatsiya davrida qurilish normalariga zid ravishda barpo etilgan yoki yaroqsiz holatda bo‘lgan bir qancha inshootlar buzib tashlandi. Park markazida g‘alaba ramzi bo‘lgan Zafar arkasi qurilayotgan bo‘lib, uning balandligi Vatan urushi davom etgan 44 kun ramzi sifatida — 44 metr bo‘ladi. Arkaning yuqori qismida shahar manzarasini tomosha qilish uchun maxsus kuzatuv maydonchasi tashkil etiladi.
Park markazidan Zafar arkasigacha 44 ramziy tepalik ko‘tariladi – ularning har birida Vatan urushi kunlarida ozod qilingan qishloq va shaharlar haqida ma’lumotlar aks ettiriladi. Yosh bolalar, keksalar va imkoniyati cheklangan fuqarolarning yuqoriga chiqishi uchun liftlar o‘rnatiladi. Loyihaga ko‘ra, bog‘da keng ko‘lamli yashil hududlar yaratiladi. Mavjud daraxtlar saqlab qolingan, shundan tashqari 300 dan ortiq yangi daraxt va 9 mingdan ziyod turli dekorativ butalar ekiladi.
G‘alabani ta’minlagan asosiy omillardan biri — xalq, davlat va armiya jipsligi
Ikkinchi Qorabog‘ urushida qozonilgan g‘alabaning eng muhim omillaridan biri xalq, davlat va armiyaning Vatan yerlarini ozod etish yo‘lidagi birligi bo‘ldi. Turli mamlakatlarda yashayotgan hamyurtlar hamda Ozarboyjonning haq ishlarini qo‘llab-quvvatlovchi boshqa millat vakillari ham arman lobbisining iflos kampaniyalariga qarshi fidokorona kurash olib borishdi. Mamlakatimiz fuqarolari, irqiy va diniy mansubligidan qat’i nazar, beqiyos hamjihatlik namoyon etishdi. Jang maydonida ham, orqa frontda ham mustahkam birlik shakllandi. Bu birlik va jipslik haqli ravishda «Temir musht» deb baholandi.
Mamlakatimiz rahbarining ulkan siyosiy salohiyati tufayli diplomatik maydonda ham jiddiy yutuqlarga erishildi. Urush davomida Prezident Ilhom Aliyev dunyodagi eng yirik media agentliklarga 30 dan ortiq intervyu berib, xalqaro hamjamiyatga mojaro haqidagi haqiqiy manzarani yetkazdi. Axborot urushi yo‘nalishini belgilab bergan bu suhbatlar milliy matbuot faoliyati uchun dasturilamalga aylandi. Ozarboyjon OAVlari, xususan AzerTAC agentligi, Vatan urushi jarayonini yuksak professionallik bilan yoritib bordi, frontdan olingan ma’lumotlarni xalqimiz va jahon hamjamiyatiga o‘z vaqtida va ishonchli ravishda yetkazib turdi.
Ozarboyjon g‘alabadan g‘alabaga odimlamoqda. Vatan urushida qozonilgan G‘alabadan so‘ng ozod qilingan hududlarni tiklash ishlari boshlandi. Prezident Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva ishtirokida ozod qilingan Qorabog‘ hududlarida muhim infratuzilma ob’ektlarining poydevorlari qo‘yildi, yirik loyihalar amalga tatbiq etildi.
2022 yilda Xotira kuni arafasida yana bir tarixiy voqea yurtimizda g‘urur va quvonch hislarini uyg‘otdi. Ozarboyjon armiyasi Lochin shahrida joylashdi, Zabux va Sus qishloqlari nazoratga olindi. 2022 yil 21 sentyabr kuni Prezident Ilhom Aliyev Lochin shahrida Ozarboyjon bayrog‘ini ko‘tardi.
Vatani urushidagi G‘alabaning mantiqiy davomi: antiterror operatsiyasi va separatizmning tugatilishi
Vatan urushi so‘nggida Ozarboyjon armiyasini yanada mustahkamlash bo‘yicha jiddiy qadamlar tashlandi, kasbiy kommandos bo‘linmalari tashkil etildi. Xalqimiz ulug‘ G‘alabaning mantiqiy davomini kutdi, ishondi — Qorabog‘dagi separatistik rejim va noqonuniy arman qo‘shinlari to‘liq bartaraf etiladi, deb. Nihoyat, ushbu tarixiy palla ham keldi. 2023 yil 19 sentyabr kuni Ozarboyjon Qurolli Kuchlari hududda mahalliy ahamiyatga ega antiterror tadbirlarini boshladi. Bir sutkadan kamroq vaqt ichida dushman og‘ir zarbalardan so‘ng taslim bo‘lib, Ozarboyjon rahbariyati shartlarini qabul qildi. Shu bilan mamlakatning to‘liq suvereniteti va hududiy yaxlitligi tiklandi.
Ilhom Aliyevning ta’kidlashicha, Ozarboyjon hududida separatizm butunlay bartaraf etildi. Arman qo‘shinlarining qoldiqlari va noqonuniy qurolli tuzilmalar qurolsizlantirilib, yurtdan chiqarildi. Butun hududda Ozarboyjon Respublikasining konstitutsion tuzumi qayta tiklandi.
G‘alabadan so‘ng Qorabog‘ va Sharqiy Zangezurda keng ko‘lamli qurilish, tiklash va obodonlashtirish ishlari boshlandi. Okupatsiyadan ozod qilingan har bir uy, har bir ko‘cha, har bir mahalla qayta tiklanmoqda. Davlat rahbarining farmoyishiga muvofiq, har yili 20 sentyabr Ozarboyjonda Davlat suvereniteti kuni, shuningdek Xonkendi, Xo‘jali, Xo‘javand va Oqdara shaharlari kuni sifatida nishonlanadi.
Bundan tashqari, 26 avgust – Lochin shahri kuni, 4 oktyabr – Jabroil, 17 oktyabr – Fuzuliy, 20 oktyabr – Zangilon, 25 oktyabr – Qubadli, 8 noyabr – Shusha, 20 noyabr – Ag‘dam, 25 noyabr – Kelbajar shaharlari kuni sifatida nishonlanadi.
Ozarboyjonning hududiy yaxlitligi va Qorabog‘ ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan farzandlar xotirasi bugun xalqimiz tomonidan muqaddas deb bilinadi. Ularning yurtga bo‘lgan muhabbati biz uchun abadiy ibrat bo‘lib qoladi.