
27-yanvar kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik kutilmoqda
Ertaga respublika hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik, tuman va yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin.
© Javhar Chorshanbiyeva 2026 yil 27-yanvar kuni O‘zbekiston hududida havo asosan o‘zgarib turadi. «O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning bir qator hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi, ayrim joylarda tuman tushishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+3 daraja iliq, kunduzi +4...+6 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati ravo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, ba’zi joylarda -6...-11 daraja sovuqqacha, kunduzi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +1...+6 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-7 daraja sovuq, kunduzi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq bo‘ladi.
26-yanvar kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.





