add

34 yillik bayram munosabati bilan Mirziyoyevga qutlovlar kelmoqda

O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan prezident Mirziyoyevga dunyo yetakchilari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari qutlov yo‘lladi.

34 yillik bayram munosabati bilan Mirziyoyevga qutlovlar kelmoqda
O‘zbekistonning 34 yillik mustaqillik bayrami munosabati bilan prezident Mirziyoyev nomiga nufuzli davlat va tashkilotlar rahbarlaridan tabriklar kelmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi. Kelib tushayotgan tabrik maktublarida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar strategiyasi natijalari, mintaqada do‘stlik, sheriklik va yaxshi qo‘shnichilik muhitini mustahkamlash, shuningdek, dunyo mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan pragmatik va konstruktiv tashqi siyosat yuqori baholangan. Muloqotlarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda erishilgan yutuqlar, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi muvaffaqiyatlar, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro maydonda nufuzining ortib borayotgani alohida qayd etilgan. Shu bilan birga, ko‘p millatli xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari bildirilgan. Prezidentga qutlov yo‘llaganlar orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy raisi Si Jinping, AQSH prezidenti Donald Tramp, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Turkman xalqi milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Koreya prezidenti Li Chje Myong, Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta, Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, Italiya prezidenti Serdjo Mattarella kabi davlat va hukumat rahbarlari bor. Shuningdek, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud va valiahd, bosh vazir Muhammad ibn Salmon Ol Saud, Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy, BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Naxayon, BAA bosh vaziri, Dubay hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum, BAA vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zoid Ol Naxayon, Bolgariya prezidenti Rumen Radev, Irlandiya prezidenti Maykl Xiggins, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar, Slovakiya prezidenti Piter Pellegrini, Latviya prezidenti Edgars Rinkevichs, Chernogoriya prezidenti Yakov Milatovich, Chexiya prezidenti Pyotr Pavel, Shveysariya prezidenti Karin Keller-Sutter, Estoniya prezidenti Alar Karis, Gurjiston prezidenti Mixail Kavelashvili, Bosniya va Gersegovina prezidiumi raisi Jelko Komshich, Buyuk Britaniya qiroli Charlz III, Yaponiya imperatori Naruxito, Belgiya qiroli Filipp, Ispaniya qiroli Felipe VI, Marokash podshohi Muhammad VI, Kambodja podshohi Norodom Siamoni, Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Singapur prezidenti Tarman Shanmugaratnam, Vetnam prezidenti Liong Kiyong, Tailand bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Pxumtxam Vechayachay, Falastin prezidenti Mahmud Abbos, Afg‘oniston bosh vaziri Muhammad Hasan Ohund ham o‘z tabriklarini yo‘llashdi. Bundan tashqari, Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlanbek Yermekboyev, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Xon, Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha, Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bosh direktori Salim al-Malik hamda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dunyuy ham tabrik yo‘lladi.

Teglar

Mavzuga oid