add

40 ta begona atamaga o‘zbekcha nom berildi: «Parol» – endi «o‘ron», «avans» – «bo‘nak»

O‘zbekistonda turli sohalarda ishlatilib kelinayotgan 40 ta xorijiy so‘zga adabiy o‘zbek tili asosida milliy atamalar belgilandi.

40 ta begona atamaga o‘zbekcha nom berildi: «Parol» – endi «o‘ron», «avans» – «bo‘nak»
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025 yil 30 iyuldagi 62-son bayoniga binoan O‘zbek tili qoida va me’yorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi so‘z va atamalar ro‘yxati tasdiqlandi. Yangi ro‘yxatdagi so‘zlar orasida xalq orasida keng tarqalgan «dostavka» so‘zi «yetkazish», «parol» so‘zi «o‘ron», «svetofor» so‘zi «yo‘lchiroq», «link» so‘zi esa «havola» deb tarjima qilindi. To‘liq ro‘yxat: Avans - Bo‘nak Avtopilot - Avtoboshqaruv Aysberg - Muztog‘ Bodikamera - Yonkamera Brыzgovik - Loyto‘skich Vnedorojnik - Yo‘ltanlamas Diskussiya - Bahs, munozara Dostavka - Yetkazish Zona - Hudud Karving - O‘ymabezak Konfidensial - Maxfiy Klaster - Klaster Kovorking - Ish markazi Kolovorot - Qo‘lparma Koridor - Yo‘lak Kotlovan - Xandaq Lebyodka - Chig‘ir Lider - Yo‘lboshchi, yetakchi Link - Havola Markirovka - Tamg‘alash Marshrut - Yo‘nalish Master klass - Mahorat darsi Motivatsiya - Ruhlantirish, rag‘bat Navigator - Yo‘llagich Najdak - Qumqog‘oz Oprava - Gardish Otvyortka - Buragich Parol - O‘ron Pereplyot - Muqovalash Polik - To‘shama Portfolio - Yig‘majild Progressiv - Ilg‘or Rastushevka - Qoshpardoz Svetofor - Yo‘lchiroq Sillabus - Ishchi dastur Smart - Aqlli Chellenj - Chorlov Shurup - Buramamix IT park - AT parki (Axborot texnologiyalari parki) IT texnologiyalari - Axborot texnologiyalari (AT)

Teglar

Mavzuga oid