add

7 oyda O‘zbekistonga o‘qish uchun kelganlar soni 10,7 ming nafarga yetdi

11.09.2025 | 17:1523102

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan TOP-10 davlat fuqarolari orasida AQSH va Janubiy Koreya ham bor.

7 oyda O‘zbekistonga o‘qish uchun kelganlar soni 10,7 ming nafarga yetdi
2025 yilning dastlabki yetti oyida O‘zbekistonga ta’lim maqsadida tashrif buyurgan chet elliklar soni 10,7 ming nafarga yetdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 ming nafarga ko‘p bo‘lib, o‘sish 22,4 foizni tashkil etdi. Eng ko‘p talabalar Turkmanistondan (3 197 nafar) kelgan. Hindiston (2 846 nafar) va Tojikiston (1 246 nafar) fuqarolari keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Shundan tashqari, Xitoydan 532, Janubiy Koreyadan 428, Pokistondan 377 talabalar O‘zbekiston oliygohlariga kirgan. Qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan 286, AQSHdan 254, Afg‘onistondan 193 va Turkiyadan 181 nafar talabalar ham mamlakatda tahsil olishni tanlagan. Shuningdek, boshqa davlatlardan 1 161 nafar kishi O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan.

Teglar

Mavzuga oid