add

823 ta mahalla «Tashabbusli byudjet»ning navbatdagi ikki mavsumida ishtirok etmaydi

15.07.2025 | 08:0036273

«Tashabbusli byudjet» dasturining 2025 yilgi ikkinchi mavsumida 823 ta mahallaga ishtirok etishda tanaffus beriladi. Bu mahallalar 2024 yilning ikkinchi va 2025 yilning birinchi mavsumlarida ketma-ket g‘olib bo‘lgan hududlar hisoblanadi.

823 ta mahalla «Tashabbusli byudjet»ning navbatdagi ikki mavsumida ishtirok etmaydi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur mahallalarga 2025 yilgi ikkinchi va 2026 yilgi birinchi mavsumlarda tanlovda ishtirok etish huquqi berilmaydi. Bu cheklov ushbu mahallalarda joylashgan maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlarga ham taalluqli bo‘ladi. Har mavsum boshlanishidan avval tanaffus berilayotgan mahallalar ro‘yxati Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy sahifalari hamda «Ochiq byudjet» portalida e’lon qilib boriladi. Shu tariqa, tanlov shaffof va ochiq shartlar asosida tashkil etilishi ta’minlanadi. Ayni paytda, ba’zi mahallalardagi loyihalar rad etilgani sabab, ularga tanaffus berilmaydi. Jumladan, Namangan shahridagi «Dashtbog‘», Qo‘qon shahridagi «Nurafshon» va Shumanay tumanidagi «Begjap» mahallalarining 2025 yil 1-mavsumidagi loyihalari qabul qilinmagan va ular navbatdagi mavsumlarda ham ishtirok etishi mumkin. Bu yangilik mahallalarda byudjet mablag‘laridan oqilona va adolatli foydalanish, shuningdek, imkoniyatlarni teng taqsimlashni maqsad qilgan tadbir sifatida baholanmoqda. Loyihalarga cheklov qo‘yish orqali hududlar o‘rtasidagi muvozanat saqlanishi ko‘zda tutilgan.

Teglar

Mavzuga oid