Logo

Abdulla Abduqodirov yangi lavozimga tayinlandi

Kecha 19:561 daqiqa

U Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Abdulla Abduqodirov yangi lavozimga tayinlandi

Bugun, 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori Sardor Umurzoqovga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrastiyasi rahbari tegishli farmoyishni imzoladi.

Farmoyish bilan Abdulla Mamasaatovich Abduqodirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, Tohirjon Bahodirovich Safarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lumot uchun, Sardor Umurzoqov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlangandi. Abdulla Abduqodirov esa ushbu lavozimdan ozod etilgandi.

Teglar

Mavzuga oid