add

Afg‘oniston va Rossiya rubl va afg‘oniyda savdo qilmoqchi

27.05.2025 | 09:0028393

Afg‘oniston hukumati Rossiya bilan o‘zaro savdo operatsiyalarini milliy valyutalar — rubl va afg‘oniyda amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu tashabbus ikki mamlakatning dollarga bog‘liqlikni kamaytirish va iqtisodiy sanksiyalar ta’sirini yumshatishga qaratilgan.

Afg‘oniston va Rossiya rubl va afg‘oniyda savdo qilmoqchi
Bu haqda Reuters nashriga Afg‘oniston savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Hoji Nuriddin Aziziy ma’lum qilgan. Aziziyning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasidagi yillik savdo hajmi taxminan 300 mln dollarni tashkil etadi. Afg‘oniston savdo vazirining ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich Rossiyadan neft mahsulotlari va plastmassa importi ortishi bilan sezilarli darajada oshishi mumkin. Rossiya Afg‘onistondan quruq mevalar, dorivor o‘tlar, xrom rudasi va turli minerallar, shuningdek, qozon import qilmoqda. Afg‘oniston esa Rossiyadan neft, gaz va bug‘doy kabi mahsulotlarni xarid qilmoqda. Rossiya va Afg‘oniston xalqaro bank tizimidan qisman uzilgan bo‘lib, bu milliy valyutalarda hisob-kitob qilishni rag‘batlantirmoqda. Afg‘onistonda dollar oqimi keskin kamaygan, bu esa mamlakatni iqtisodiy izolyatsiyaga olib kelgan. Afg‘oniston hukumati Xitoy bilan ham shunga o‘xshash muzokaralar olib bormoqda. Xitoy bilan yillik savdo hajmi taxminan 1 mldr dollarni tashkil etadi. Bu tashabbuslar Afg‘onistonning xalqaro iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid