add

Airbus A320 samolyotlaridagi zaiflikni bartaraf etadimi?

02.12.2025 | 11:554061 daqiqa

Quyosh nurlanishi tufayli yuzaga kelgan muammo dunyo bo‘ylab ko‘plab aviakompaniyalarga, jumladan O‘zbekiston kompaniyalariga ham ta’sir ko‘rsatgani aytilgandi.

Airbus A320 samolyotlaridagi zaiflikni bartaraf etadimi?

Yevropaning Airbus kompaniyasi A320 modelidagi 6 mingga yaqin samolyotda quyosh nurlanishi tufayli zaiflik aniqlanganidan so‘ng dasturiy ta’minotni yangiladi. Bu haqda kompaniya bayonotida ma’lum qilindi.

«Ushbu muammoga duch kelishi mumkin bo‘lgan taxminan 6 mingta samolyotning aksariyati allaqachon kerakli modifikatsiyalarni olgan. Biz mijoz-aviakompaniyalar bilan hamkorlik qilib, hali yangilanmagan 100ga yaqin samolyotni ham qayta jihozlashda yordam bermoqdamiz», — deyiladi xabarda.

Bungacha Airbus konserni boshqaruv tizimida muammolar aniqlangani sababli A320 seriyali samolyotlarning dasturiy ta’minotini favqulodda yangilashini ma’lum qilgandi. Tahlil natijalariga ko‘ra, kompaniya xodimlari intensiv quyosh nurlanishida parvozni boshqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar buzilishi mumkinligini aniqlagan.

Shunday so‘ng, butun dunyo bo‘ylab aviakompaniyalar reyslarning kechikishi va bekor qilinishi haqida xabar bera boshladi. Xususan, Fransiyaning Air France, Yaponiyaning All Nippon Airways, Yangi Zelandiyaning Air New Zealand va Saudiya Arabistonining Flynas kompaniyalari tomonidan choralar ko‘rildi.

Airbus A320 samolyotlaridagi muammo O‘zbekiston va Qozog‘iston aviakompaniyalariga ham ta’sir ko‘rsatgani aytilgandi.

Teglar

Mavzuga oid