Akbar Jo‘rayev uchinchi bor jahon chempioni bo‘ldi
11.10.2025 | 09:582503
Norvegiyadagi jahon chempionatida Akbar Jo‘rayev 196 kilogramm natija bilan jahon rekordi o‘rnatdi. Ruslan Nuriddinov esa 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Norvegiyaning Forde shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Erkaklar o‘rtasida 110 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi bellashuvlarda o‘zbekistonlik Akbar Jo‘rayev yuqori natija ko‘rsatib, uchta oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Jo‘rayev dast ko‘tarish mashqida 196 kilogramm natija qayd etib, jahon rekordini yangiladi. Siltab ko‘tarishda esa 232 kg natija bilan ham tengsiz bo‘ldi, har ikki yo‘nalishda va 428 kg ko‘rsatkich umumiy yo‘nalishda birinchi bo‘lib, jami 3 ta oltin medalga ega chiqdi. Bu uning uchinchi marta jahon chempioni bo‘lishidir. Bungacha u 2021 yil Toshkentda va 2023 yil Ar-Riyodda o‘tkazilgan turnirlarda ham g‘olib chiqqandi.
Sportchi so‘nggi urinishda 245 kilogrammni ko‘tarishga buyurtma berdi, ammo bu harakat muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Agar u bu og‘irlikni ko‘tara olganida, barcha yo‘nalishlarda jahon rekordini o‘rnatgan bo‘lardi.
Bellashuvda Eron vakili Alirizo Nasiriy siltab ko‘tarishda 231 kilogramm va umumiy 415 kilogramm natija bilan kumush medal sohibi bo‘ldi.
Ushbu vazn toifasida yana bir o‘zbekistonlik sportchi Ruslan Nuriddinov ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U siltab ko‘tarishda 228 kilogramm va umumiy 414 kilogramm natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi, dast ko‘tarish yo‘nalishida esa 186 kilogramm natija bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi.