add

Akromjon Fozilov Prezident Administratsiyasiga o‘tdi

Bugun 17:281 daqiqa

U Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Akromjon Fozilov Prezident Administratsiyasiga o‘tdi

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi sifatida ishlab kelayotgan Akromjon Murodjon o‘g‘li Fozilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning tegishli farmoyishi chiqarildi.

Kommunikatsiyalar departamentiga prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov rahbarlik qilib kelmoqda. Endi Fozilov uning birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Akromjon Fozilov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar fakultetini tamomlagan, Vena (Avstriya) va Gent universitetlarida (Belgiya) tahsil olgan.

U 2021 yildan 2022 yilgacha Yevropa-O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasining (EUROUZ) Toshkentdagi loyiha ofisi rahbari vazifasini bajaruvchisi, 2024 yilgacha Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori, 2024 yildan beri esa Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Rustam Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Teglar

Mavzuga oid