add

Aktyor Sherqo‘zi G‘oziyev 75 yoshida vafot etdi

26.09.2025 | 20:3038403

U «Changalzor qiroli» filmida rol ijro etgan, «Sherxan traktorchi» kinokomediyasi va«Yolg‘iz emassan» melodrama filmlarini tasvirga olgan.

Aktyor Sherqo‘zi G‘oziyev 75 yoshida vafot etdi
O‘zbekistonning mashhur aktyori, rejissyor, hajviy qo‘shiqlar va so‘z ustasi Sherqo‘zi G‘oziyev 75 yoshida vafot etdi. Sherqo‘zi G‘oziyev 1950 yilning 8 may kuni Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Chirkay qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent politexnika institutining qurilish fakultetini tamomlagan. So‘ngra Toshkent madaniy oqartuv texnikumining rejissyorlik bo‘limida 3 yil o‘qigan. Shu vaqt davomida do‘sti Abdufattoh Saidov ikkalasi hajviyot olamida Alish va Valish laqabi bilan qiziqchilik qilib tanila boshlagan. 1971 yilda Yo‘ldosh Oxunboboyev nomidagi Yosh tomoshabinlar teatriga aktyor sifatida ishga taklif etishadi. Shu yili Ostrovskiy nomli institutining aktyorlik bo‘limiga sirtdan o‘qishga kirib, 1976 yili muvaffaqiyatli tugatgan. 1970 yildan «Teleminiatyuralar teatri»da rollar ijro etishni boshlagan. San’atga qiziqish uni O‘zbek davlat filarmoniyasiga yetakladi va 1978 yildan filarmoniyada ishlay boshlagan. 1990 yilda O‘zbekiston va Hindiston hamkorligida suratga olingan «Changalzor qiroli» filmida zootexnik rolini ijro etgan. Shundan so‘ng 1992 yildan «Sherxan» studiyasini ochib, hindlar bilan hamkorlikda 2006 yilda «Sherxan traktorchi» kinokomediyasi, 2008 yilda, «Yolg‘iz emassan» melodrama filmlarini tasvirga olgan.

Teglar

Mavzuga oid