add

Alif Uzbekistan ustav kapitalini 20 mlrd so‘mga yetkazdi

20.05.2025 | 17:2225072

Alif Uzbekistan kompaniyasi 2025 yilning 1 iyulidan kuchga kiradigan yangi talablarga muvofiq ravishda ustav kapitalini 20 mlrd so‘mgacha oshirdi. Bu qaror kompaniyaning O‘zbekiston bozorida uzoq muddatli faoliyat yuritish niyati va regulyator talablariga moslashuvini ko‘rsatadi.

Alif Uzbekistan ustav kapitalini 20 mlrd so‘mga yetkazdi
Alif Tech tomonidan boshqariladigan Alif Uzbekistan 2020 yildan buyon to‘lov tashkiloti sifatida litsenziyaga ega. Yangi kapital hajmi — Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal miqdor — kompaniyaning bozordagi pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan. Kompaniya 2024 yil aprel oyida aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tgan. Alif butun Markaziy Osiyoda — O‘zbekiston, Tojikiston va Pokistonda o‘z faoliyatini olib borayotgan yirik fintex kompaniyalardan biri hisoblanadi. Uning asosiy tamoyili — islom moliyasi qoidalariga sodiq qolish. So‘nggi besh yil ichida Alif O‘zbekistondagi superapp orqali bank xizmatlaridan tortib marketpleys, jamoat transporti to‘lovlari, davlat xizmatlari va investitsiya vositalarini o‘z ichiga olgan keng qamrovli ekotizimni rivojlantirdi. Shu paytgacha kompaniya O‘zbekistonda 200 mln AQSH dollaridan ziyod investitsiya jalb qilgan bo‘lib, 2024 yilning o‘zida xalqaro sarmoyadorlardan 53 mln dollar miqdorida mablag‘ jalb qilingan. Bu Alif’ning moliyaviy infratuzilmani rivojlantirishdagi o‘rni va unga bo‘lgan ishonchni aks ettiradi.

Teglar

Mavzuga oid