add

Amerika Rossiyaga milliardlab mablag‘ni qaytarmoqchi

02.12.2025 | 21:388392 daqiqa

AQSH tinchlik bitimi ortidan Rossiya aktivlarini qaytarish rejasini muhokama qilmoqda.

Amerika Rossiyaga milliardlab mablag‘ni qaytarmoqchi

Donald Tramp ma’muriyati Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha tinchlik bitimi imzolanishi bilan Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini qaytarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Politico ikki yuqori martabali diplomatga tayanib, xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, AQSH amaldorlari bu rejani Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha vakili Devid O’Sallivanning yozgi tashrifi chog‘ida bayon etgan. O‘Sallivanning sentabrdagi tashrifidan so‘ng Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Ukrainaga Rossiyaning bloklangan mablag‘lari garoviga «reparatsiya krediti» ajratish tashabbusini o‘rtaga tashladi. AQSHning dastlabki rejasiga ko‘ra, Moskvaga tegishli 100 milliard dollarlik aktivlar Ukraina tiklanishiga yo‘naltirilishi, Vashington esa bu mablag‘lardan olinadigan foydaning yarmini olishi kerak edi.

Yevropa Ittifoqi esa o‘z hissasi sifatida yana 100 milliard dollar qo‘shishi ko‘zda tutilgan. Qolgan aktivlarni alohida AQSH–Rossiya investitsiya fondiga joylashtirish taklif etilgandi. Ammo keyinroq Bloomberg muzdan chiqarish bandi rejadan chiqarib tashlanganini xabar qildi.

Politico yozganicha, bir nechta Yevropa manbalari AQSHning aktivlarning bir qismini o‘zlashtirishi va qolganini Rossiya bilan bo‘lishish ehtimolidan qattiq norozi. Ularga ko‘ra, bu mablag‘lar Ukraina tiklanishi uchun rasman ajratiladi, ammo amaliyotda boshqa manfaatlarga xizmat qilishi mumkin.

Financial Times esa Yevropa Markaziy banki Rossiya aktivlari garoviga 140 milliard yevro ajratish rejasida ishtirok etishdan bosh tortganini ma’lum qildi. YI amaldorlari bu mablag‘ Yevroklir uchun kredit sifatida taklif etilganini aytgan. Lekin regulyator buni davlat byudjeti taqchilligini bevosita qoplash — ya’ni monetar moliyalashtirish deb baholagan va bu Yevropa Ittifoqi shartnomalariga zidligini ta’kidlagan. Manbalarga ko‘ra, Yevrokomissiya Kiyevga 140 milliard yevrolik kredit bo‘yicha vaqtinchalik likvidlikni ta’minlaydigan yangi mexanizmlar ustida ish boshlagan.

Belgiya esa bu kredit tashabbusiga qarshi chiqib, Yevropa Ittifoqidan Rossiyaning ehtimoliy da’volarini qoplash uchun yuz millionlab yevro emas, balki 140 milliard yevrodan ortiq kafolatlar talab qilmoqda. Bosh vazir Bart de Vever bu kafolatlar muddati YIning Rossiyaga qarshi sanksiyalari muddatidan ham uzoq bo‘lishini talab etmoqda. Yevropa hukumatlari esa bu talablarni ortiqcha, deb baholamoqda. Bundan tashqari, Brussel Ukrainaga beriladigan kreditdan Belgiya soliq to‘plashi va mablag‘larni Kiyevga to‘liq o‘tkazmaslik ehtimoli ham tashvish uyg‘otmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Amerika Rossiyaga milliardlab mablag‘ni qaytarmoqchi | Vaqt.uz