add

Andijon davlat universitetida 53 mlrd so‘m talon-toroj qilingan

07.07.2025 | 20:1510773

Andijon davlat universitetida rektor, bosh hisobchi va bir guruh mansabdorlar 53,6 mlrd so‘m byudjet mablag‘ini talon-toroj qilgani aniqlangan.

Andijon davlat universitetida 53 mlrd so‘m talon-toroj qilingan
Andijon davlat universitetida yirik mablag‘lar talon-toroj qilingani fosh etildi. Sud hujjatlariga ko‘ra, ushbu jinoyat ishi doirasida rektor, bosh hisobchi va yana 11 nafar shaxs aybdor deb topilgan. Ular 2019-2023 yillar oralig‘ida 53,6 mlrd so‘m byudjet mablag‘ini o‘zlashtirish uchun uyushgan guruh tuzishgan. Sud ma’lumotlariga ko‘ra, guruh a’zolari talabalar stipendiyalari, rag‘batlantirish, kontrakt to‘lovlari va yotoqxona pullarini sun’iy ravishda oshirgan. Bunday usul orqali stipendiya pullari talabalarga berilmagan, imzolar qalbakilashtirilgan va to‘lov hujjatlari soxtalashtirilgan. Jinoyat jarayonida talabalarning kontrakt to‘lovlari va yotoqxona uchun to‘langan mablag‘lar ham universitet hisobiga kiritilmagan. To‘plangan pullar shaxsiy manfaatlar uchun ishlatilgan va ayrim hollarda yaqin qarindoshlar nomiga mulk sifatida rasmiylashtirilgan. Universitet bosh hisobchisi Alimjon Mahmudov jinoiy daromadlar evaziga qimmatbaho mashinalar va ko‘chmas mulk sotib olgan. U 2023 yilda 2 mlrd 64 mln so‘mlik BMW X7 avtomashinasini o‘g‘li nomiga rasmiylashtirgan. Sud hukmiga ko‘ra, bosh hisobchi Alimjon Mahmudov 6,5 yil ozodlikdan mahrum qilindi va unga katta miqdorda jarima tayinlandi. Sobiq rektor Akrom Yo‘ldoshev 6 yil ozodlikdan mahrum etildi. Qolgan 11 nafar ayblanuvchiga turli jazolar tayinlandi, jumladan, ayrimlari axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi. Tekshiruv davomida zararning bir qismi qaytarildi. Jami 53,6 mlrd so‘m zararni qoplash uchun pul mablag‘lari, mashina, uy va tilla buyumlar musodara qilingan.

Teglar

Mavzuga oid

Andijon davlat universitetida 53 mlrd so‘m talon-toroj qilingan | Vaqt.uz