add

Andijonda ayolini o‘ldirgan shaxs qo‘lga olindi

05.07.2025 | 13:3046172

4 iyul kuni Andijonda er-xotin o‘rtasidagi janjal ayolning halok bo‘lishi bilan tugadi. Gumonlanuvchi esa qo‘lga olindi.

Andijonda ayolini o‘ldirgan shaxs qo‘lga olindi
Ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon shahrida yashovchi 47 yoshli fuqaro D.A. ertalab soat 9:30 larda turmush o‘rtog‘i M.D. bilan janjallashib, ayolni bo‘yin qismiga xo‘jalik pichog‘i bilan urib jarohatlagan. Oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgan. Shu kuniyoq Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida D.A. Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida, Ko‘makay mahallasidan topilib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid