
Andijonda inspektor o‘limiga sababchi bo‘lgan gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi
04.07.2025 | 10:0023492
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida profilaktika inspektorini pichoqlab o‘ldirgan gumonlanuvchi Yunusali Xolbozorov qo‘lga olingan.

2025 yil 1 iyul kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida xizmat burchini bajarayotgan profilaktika inspektori katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev pichoqlanib vafot etgani haqida avval xabar berilgan edi.
IIV ning xabar berishicha, Gumonlanuvchi Yunusali Xolbozorov bir necha kun davomida qidiruvda bo‘lgan. Joriy yil 4 iyul kuni soat taxminan 06:30 larda uning Xo‘jaobod tumanidagi «Yuksalish» mahallasida joylashgan «So‘qoloq» qabristonida makkapoya ichida yashiringan.
Qo‘lga olinayotganda Yunusali Xolbozorov o‘zini qorin qismiga pichoq bilan jarohatlagan. Unga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.





