add

Andijonda ko‘cha va aholi tomorqalariga suv toshdi

11.10.2025 | 15:5039212

Andijon tumanida mahalliy kanalda suv sathi keskin ko‘tarilib, suv qirg‘oq va dambalardan toshib chiqdi. Oqibatda bir nechta xonadonlarning hovlisi va tomorqasi suv ostida qoldi.

Andijonda ko‘cha va aholi tomorqalariga suv toshdi
11 oktyabr kuni soat 07:58 da Andijon tumani «Qumko‘cha» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi SRK-1 mahalliy kanalda suv hajmi keskin oshdi. Buning natijasida kanal qirg‘oqlari va dambalari orqali suv toshib chiqib, aholining ayrim uy va hovlilariga kirgani ma’lum qilindi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. Hozirgi vaqtda Irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tomonidan mazkur kanalga suv tashlash to‘xtatilgan. Favqulodda vaziyatlar, hokimlik hamda qutqaruv xizmatlari va irrigatsiya tizimlari xodimlari hodisa joyiga yetib borgan. Ular suv oqimini to‘sish va aholi mulkini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda. Hodisa natijasida jabrlanganlar yoki tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Viloyat FVB holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishini ma’lum qilgan. Ayni paytda mutaxassislar kanal dambasining ahvolini o‘rganib, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun profilaktik ishlar rejasini ishlab chiqmoqda.

Teglar

Mavzuga oid