add

Andijonda pichoqlab o‘ldirilgan IIV xodimiga «Jasorat» medali berildi

08.07.2025 | 20:018762

Andijonda xizmat vaqtida halok bo‘lgan katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev vafotidan so‘ng «Jasorat» medali bilan taqdirlandi. Unga berilgan mukofot oila a’zolariga tantanali ravishda topshirildi.

Andijonda pichoqlab o‘ldirilgan IIV xodimiga «Jasorat» medali berildi
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida xizmat burchini bajarayotgan paytda halok bo‘lgan profilaktika inspektori, katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev Prezident farmoniga asosan «Jasorat» medali bilan taqdirlandi. Mahalliy hokimlik tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va mutasaddilar marhumning onasi bilan suhbatlashib, o‘z ta’ziyasini bildirgan va uning jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etgan. Uchrashuv davomida qahramonning yuksak fazilatlari, xizmat davridagi shijoati va mardligi yodga olingan.

Teglar

Mavzuga oid